O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə98/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   143
22.09.1994 ЖПК

218-modda. Ushlab turilgan, qamoqqa olingan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxsning qaramog‘idagilarga homiylik qilish va uning mol-mulkini qo‘riqlash choralari
Ushlab turilgan, qamoqqa olingan yoki ekspertiza o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxsning qarovsiz va yordamga muhtoj voyaga yetmagan farzandlari, keksaygan ota-onalari, boshqa boqimlari bo‘lganda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ularni qarindoshlarining yoki boshqa shaxslar yoxud muassasalarning homiyligiga topshirishi, majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxsning nazoratsiz qolayotgan mol-mulki yoxud uy-joyi bo‘lsa, ularni qo‘riqlash chorasini ko‘rishi shart.
Shaxsning qaramog‘idagilarga homiylik qilish va uning mol-mulkini qo‘riqlash to‘g‘risidagi ko‘rsatilgan choralar ushlab turish tarzidagi protsessual majburlov chorasini qo‘llagan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan ham ko‘rilishi shart.
219-modda. Prokurorning protsessual majburlov choralari qo‘llanilishi to‘g‘risidagi ko‘rsatmasining majburiyligi
Prokurorning protsessual majburlov choralarini qo‘llash haqidagi ko‘rsatmalari surishtiruvchi va tergovchi, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ uchun majburiydir. Bunday ko‘rsatmalarga e’tirozlar yuqori turuvchi prokurorga ushbu Kodeksning 36, 39 va 392-moddalarida nazarda tutilgan tartibda taqdim etilishi mumkin.
27-bob. UShLAB TURISh
220-modda. Ushlab turish maqsadi
Ushlab turish jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsni uning jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanishiga barham berish, qochib ketishining, dalillarni yashirishi yoki yo‘q qilib yuborishining oldini olish maqsadida qisqa muddatga ozodlikdan mahrum qilishdan iboratdir.
Ushlab turish jinoyat ishi qo‘zg‘atilgunga qadar ham, ish qo‘zg‘atilganidan keyin ham amalga oshirilishi mumkin. Keyingi holatda ushlab turishga faqat surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qaroriga binoan yo‘l qo‘yiladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin