O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi


-modda. Protsessual majburlov choralarini qo‘llashning qonuniyligi va asosliligi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə97/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   143
22.09.1994 ЖПК

214-modda. Protsessual majburlov choralarini qo‘llashning qonuniyligi va asosliligi
Protsessual majburlov choralari faqat asoslar mavjud bo‘lganda va qonunda belgilangan tartibda qo‘llanilishi mumkin.
Ushbu Kodeksda boshqacha asoslar nazarda tutilmagan bo‘lsa, protsessual majburlov faqat qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha va surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarorida yoki sudning ajrimida ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.
215-modda. Ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxslar bilan munosabatda bo‘lish
Ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki ekspertiza o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxslar, ular saqlanadigan joylardagi tartibga oid cheklashlarni istisno etganda, qonunchilikda belgilangan huquqlarga egadirlar va shu hujjatlarda ko‘rsatilgan majburiyatlarni bajaradilar.
Ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxslarga nisbatan g‘ayriinsoniy munosabatda bo‘lish mumkin emas.
Ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxsga o‘zining himoyachisi bilan xoli uchrashish, qonunchilikka oid materiallardan foydalanish imkoniyati berilishi, shikoyat, iltimosnoma va boshqa protsessual hujjatlarni yozishi uchun ixtiyorida qog‘oz va yozuv jihozlari bo‘lishi lozim.
217-modda. Protsessual majburlov chorasi qo‘llanilgani haqida xabar qilish
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan ushlab turish tarzidagi, sud esa qamoqqa olish, uy qamog‘i yoki ekspertiza o‘tkazish uchun shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini qo‘llaganida shaxsga nisbatan qo‘llanilgan protsessual majburlov chorasi hamda uning ushlab turilgan joyi to‘g‘risida darhol oila a’zolaridan biriga, ular bo‘lmagan taqdirda esa boshqa qarindoshlariga yoki yaqin kishilariga xabar berishi, shuningdek bu haqda ish yoxud o‘qish joyiga ma’lum qilishi shart.
Ushlab turilgan, qamoqqa olingan, uy qamog‘iga yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxs boshqa davlatning fuqarosi bo‘lsa, bu haqda darhol O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar berilishi shart. Xabarnomaning ko‘chirma nusxasi ishga ilova qilinadi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin