O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi


-modda. Ushlab turish bayonnomasini tuzish va ushlab turishning asosliligini tekshirish



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə100/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   143
22.09.1994 ЖПК

225-modda. Ushlab turish bayonnomasini tuzish va ushlab turishning asosliligini tekshirish
Ushlab turilgan shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilganidan so‘ng huquqni muhofaza qiluvchi organning navbatchisi yoki boshqa xodimi ushlab turish bayonnomasini boshliqning ko‘rsatmasiga binoan darhol tuzishi, unda quyidagilarni ko‘rsatishi kerak:
1) bayonnoma tuzilgan joy va vaqtni;
2) ushbu shaxsning kimligi, kim tomonidan, qachon, qanday holatlarda, qonunda ko‘rsatilgan qanday asoslarga ko‘ra ushlanganligini;
3) ushlangan shaxs qanday jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinayotganligini;
4) ushlangan shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga qaysi vaqtda olib kelinganligini;
5) shaxsiy tintuv qilish va olib qo‘yish natijalarini (ular o‘tkazilgan bo‘lsa);
6) ushlashning videoyozuv orqali qayd etilganligi (u o‘tkazilgan bo‘lsa), ushlangan shaxsning videoyozuv materiallari bilan tanishganligi, shuningdek shaxsni ushlash vaqtida foydalanilgan vositalarning texnik xususiyatlarini. Bayonnomani ushlab turishning asosliligini tekshirish vazifasi topshirilgan ichki ishlar organi xodimi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ xodimi, ushlab keltirgan vakolatli shaxs yoki fuqaro, ushlangan shaxs va xolislar imzo chekib, tasdiqlaydi.
Ichki ishlar organi xodimi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organning xodimi amalga oshirilgan ushlab turish haqida ushlangan shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilgan paytdan e’tiboran o‘n ikki soat ichida prokurorga yozma shaklda xabar berishi shart.
Ushlab turishning asosli ekanligini tekshirish, hujjatlarni talab qilish va ko‘zdan kechirish ushlangan shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilgan paytdan e’tiboran yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay o‘tkazilishi lozim.
Ushlab turishga asos bo‘lmagan taqdirda, ichki ishlar organi bo‘linmasining boshlig‘i yoki boshqa vakolatli shaxs ushlanganni ozod qilish to‘g‘risida qaror chiqaradi. Qarorning nusxasi darhol prokurorga yuboriladi.
Shaxs amalda ushlangan yoki uni jinoyat joyida ushlash bilan bog‘liq tezkor-qidiruv tadbiri amalda yakunlangan paytdan boshlab u bilan bog‘liq protsessual harakatlar amalga oshirilguniga qadar uning himoyachi bilan xoli uchrashishi ta’minlanadi. Bu haqda bayonnoma tuziladi.
Ushlab turish, jinoyat ishi qo‘zg‘atish, ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risidagi qarorlar darhol gumon qilinuvchiga e’lon qilinadi, ayni vaqtda unga ushbu Kodeksning 48-moddasida nazarda tutilgan huquqlari tushuntiriladi va tanlangan yoki tayinlangan himoyachiga tanishib chiqish uchun taqdim etiladi. Qaror bilan tanishtirilgani va huquqlari tushuntirilgani qarorda qayd etilib, vakolatli shaxs va ushlangan shaxs tomonidan imzolanib, tasdiqlanadi. Bunda ushlangan shaxs ushlab keltirilgan paytdan boshlab yigirma to‘rt soatdan kechiktirilmay so‘roq qilinishi lozim.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin