O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi


-modda. Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash tartibi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə108/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   143
22.09.1994 ЖПК

243-modda. Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash tartibi
Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi faqat ushlab turilgan gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxsga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
Qonunda nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lganda va surishtiruv yoki dastlabki tergov davomida qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanganda prokuror, shuningdek prokurorning roziligi bilan surishtiruvchi yoki tergovchi qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida qaror chiqaradi.
Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorda ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini qamoqqa olish yoki uni uy qamog‘iga joylashtirish zaruratini keltirib chiqargan asoslar bayon qilinadi.
Prokuror qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi bo‘lgan taqdirda, iltimosnoma qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror va zarur materiallarni sudga yuboradi. Agar iltimosnoma ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga nisbatan qo‘zg‘atilayotgan bo‘lsa, qaror va ko‘rsatilgan materiallar ushlab turish muddati tugashidan kamida sakkiz soat oldin sudga taqdim qilinishi kerak.
Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnoma jinoyat sodir qilingan yoki surishtiruv, dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan, mazkur sudlarning sudyasi bo‘lmaganida esa yoxud qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi materialni ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.
Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnoma yopiq sud majlisida, materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran sakkiz soat ichida, lekin ushlab turishning eng ko‘p muddatidan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi.
Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnoma prokuror, himoyachi, ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Ushlab turilgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sud majlisiga olib kelinadi. Sud majlisida gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining qonuniy vakili, shuningdek surishtiruvchi, tergovchi ishtirok etishga haqli. Zarur bo‘lgan hollarda surishtiruvchi, tergovchi sudga chaqirilishi mumkin.
Sud majlisining joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish uchun monelik qilmaydi, himoyachi bundan mustasno. Qidiruv e’lon qilingan ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnoma ayblanuvchining ishtirokisiz ko‘rib chiqiladi.
Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish prokuror ma’ruzasi bilan boshlanadi, u mazkur ehtiyot chorasini qo‘llash zarurligini asoslab beradi. Shundan so‘ng gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, himoyachi, sudda hozir bo‘lgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim qilingan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
Sudya gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
1) qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida;
2) qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashni rad qilish to‘g‘risida;
21) qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashni rad qilish va uy qamog‘i yoki garov tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash to‘g‘risida;
22) uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashni rad qilish va garov tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash to‘g‘risida;
3) taraflar qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashning asoslanganligi yoki asoslanmaganligiga doir qo‘shimcha dalillarni taqdim etishlari uchun ushlab turish muddatini qirq sakkiz soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirish to‘g‘risida.
Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash rad qilingan va garov tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan taqdirda, gumon qilinuvchini yoki ayblanuvchini ushlab turish muddati garov kiritish imkonini berish uchun sud tomonidan ko‘pi bilan qirq sakkiz soatgacha bo‘lgan muddatga uzaytiriladi, ko‘rsatilgan muddatda garov kiritilmagan taqdirda qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi iltimosnoma qanoatlantirilgan hisoblanadi.
Sudyaning qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi yoki uni qo‘llashni rad qilish to‘g‘risidagi ajrimi u o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va darhol ijro qilinishi kerak. Sudyaning ajrimi ijro uchun prokurorga, ma’lumot uchun esa gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, himoyachiga yuboriladi. Sudyaning ajrimi ustidan ushbu Kodeks 241-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga binoan apellatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin.
Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini, protestini ko‘rib chiqib, o‘z ajrimi bilan:
1) sudyaning ajrimini o‘zgarishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
2) sudyaning ajrimini bekor qilish va gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini qamoqdan, uy qamog‘idan ozod qilish yoxud unga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashga haqli.
Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash rad qilingan taqdirda, aynan o‘sha gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan mazkur masala bo‘yicha takroran sudga murojaat qilishga qamoqqa olishni yoki uy qamog‘ini qo‘llashni taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yo‘l qo‘yiladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin