O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə109/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   143
22.09.1994 ЖПК

2431-modda. Uy qamog‘i bo‘yicha belgilangan taqiqlarni (cheklovlarni) bekor qilish yoki o‘zgartirish yoxud qo‘shimcha taqiqlar (cheklovlar) belgilash tartibi
Uy qamog‘i bo‘yicha taqiqlar (cheklovlar) asoslar mavjud bo‘lganda prokuror tomonidan, shuningdek prokurorning roziligi bilan surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan qisman bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin.
Ushbu Kodeks 2421-moddasining beshinchi qismi doirasidagi uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiqlar (cheklovlar) prokurorning yoki prokurorning roziligi bilan surishtiruvchining yoxud tergovchining iltimosnomasiga ko‘ra sudyaning ajrimi asosida belgilanishi mumkin.
Uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiqlar (cheklovlar) belgilash to‘g‘risidagi iltimosnoma ushbu Kodeks 243-moddasining beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda tegishli sudning sudyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiqlar (cheklovlar) belgilash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish prokurorning ma’ruzasi bilan boshlanadi, u qo‘shimcha taqiqlar (cheklovlar) belgilash zarurligini asoslab beradi. Shundan so‘ng gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, himoyachi, sudda hozir bo‘lgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
Sud gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga nisbatan uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiqlar (cheklovlar) belgilash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash haqida;
qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilashni rad qilish to‘g‘risida.
Sudyaning uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash haqidagi yoki qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilashni rad qilish to‘g‘risidagi ajrimi o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va darhol ijro etilishi lozim. Sudyaning ajrimi ijro etish uchun prokurorga, ma’lumot uchun esa — gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga va himoyachiga yuboriladi. Sudyaning ajrimi ustidan ushbu Kodeks 241-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga binoan apellatsiya tartibida shikoyat qilinishi, protest bildirilishi mumkin.
Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini, protestni ko‘rib chiqib, o‘z ajrimi bilan:
1) sudyaning ajrimini o‘zgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirmay qoldirishga;
2) sudyaning ajrimini bekor qilishga va gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga nisbatan uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilashga;
3) sudyaning gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga nisbatan uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash to‘g‘risidagi ajrimini bekor qilishga haqli.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin