O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə117/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   143
22.09.1994 ЖПК

2543-modda. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan, mazkur sudlarning sudyasi bo‘lmagan yoxud pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi materialni ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda esa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
Sud majlisida prokuror, shuningdek, agar ishda qatnashayotgan bo‘lsa, himoyachi va qonuniy vakil ishtirok etadi. Zarur hollarda surishtiruvchi, tergovchi sudga chaqirilishi mumkin.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish prokurorning ma’ruzasi bilan boshlanib, u davlatlararo yoki xalqaro qidiruv e’lon qilingan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatish zaruriyatini asoslab beradi. So‘ngra himoyachi, sudda hozir bo‘lgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) chiqadi.
2544-modda. Sud ajrimi
Sudya pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
1) pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida;
2) pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turishni rad etish haqida.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi sudyaning ajrimida: qidiruv e’lon qilingan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi haqidagi ma’lumotlar; pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish asoslari ko‘rsatiladi.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turishni rad etish haqidagi sudyaning ajrimi asoslantirilgan bo‘lishi kerak.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi yoki pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turishni rad etish haqidagi sudyaning ajrimi u o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. Sudyaning ajrimi ijro etish uchun prokurorga, ma’lumot uchun esa, himoyachiga yuboriladi.
Sudyaning ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan e’tiboran qirq sakkiz soat ichida ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyachisi va qonuniy vakili tomonidan shikoyat berilishi yoxud apellatsiya tartibida prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin. Shikoyat, protest ajrimni chiqargan sud orqali berilib, mazkur sud qirq sakkiz soat ichida ularni materiallar bilan birga apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart.
Shikoyat yoki protest berish pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi sudyaning ajrimi ijrosini to‘xtatib turadi.
Apellatsiya instansiyasi sudi mazkur materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga ular kelib tushgan paytdan e’tiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay ko‘rib chiqishi kerak.
Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini, protestini ko‘rib chiqib, o‘z ajrimi bilan:
sudyaning ajrimini o‘zgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa, qanoatlantirmasdan qoldirishga;
sudyaning ajrimini bekor qilishga va pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turishga yoki pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turishni rad etishga haqli.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin