2545-modda. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan shikoyat berish Pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishi to‘xtatib turilgan shaxs pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi sudyaning ajrimi ustidan u tegishli vakolatli organga keltirilgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soat ichida sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
2546-modda. Amal qilishi to‘xtatib turilgan pasport (harakatlanish hujjati) o‘rniga yangi pasport(harakatlanish hujjati) berish Ayblov hukmi chiqarilganda yoki ushbu Kodeksning 84-moddasi asosida aybdorlik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishi tugatilganda surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning qaroriga ko‘ra qonunchilikda belgilangan tartibda yangi pasport (harakatlanish hujjati) berilishi bilan pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishi tiklanadi.
29-bob. LAVOZIMDAN ChETLAShTIRISh 255-modda. Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish asoslari va muddatlari Basharti ayblanuvchi, sudlanuvchi o‘z ish joyida qolsa, jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlashga yoki jinoyat oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashga to‘sqinlik qiladi yoxud jinoiy faoliyatini davom ettiradi, deb hisoblashga yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, ular lavozimidan chetlashtirilishi mumkin.
Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi masala ushbu bobda belgilangan tartibda, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish haqidagi masala esa ushbu Kodeksning 423, 438-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan hal qilinadi.
Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish mazkur protsessual majburlov chorasini qo‘llash uchun asos bo‘lgan holatlar bekor bo‘lguniga qadar o‘tgan vaqt mobaynida qo‘llaniladi.
Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasi qaror chiqargan sudni albatta xabardor etgan holda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud tomonidan bekor qilinadi.
Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini qo‘llash rad qilingan yoki u bekor qilingan taqdirda, aynan o‘sha ayblanuvchiga nisbatan mazkur masala bo‘yicha takroran sudga murojaat qilishga lavozimdan chetlashtirish uchun asos bo‘ladigan yangi holatlar yuzaga kelganda yo‘l qo‘yiladi.