O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi


-modda. Munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə114/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   143
22.09.1994 ЖПК

250-modda. Munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat
Munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat ayblanuvchining yoki sudlanuvchining surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga tergov va suddan yashirinmaslik, jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilmaslik, jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanmaslik, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruvi bilan yetib kelish haqida bergan yozma majburiyatidan iboratdir. Tilxat beruvchi shaxs bundan tashqari o‘z zimmasiga surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning ijozatisiz ushbu aholi punktidan chiqib ketmaslik va shu aholi punkti doirasida istiqomat joyini o‘zgartirsa, bu haqda ularni xabardor qilish majburiyatini oladi.
Ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini buzgan taqdirda unga nisbatan jiddiyroq ehtiyot chorasi qo‘llanilishi mumkin, bu haqda u tilxat olish chog‘ida ogohlantiriladi.
251-modda. Shaxsiy kafillik
Shaxsiy kafillik ishonchga sazovor bo‘lgan shaxslarning ayblanuvchi, sudlanuvchi munosib xulq-atvorda bo‘lishiga kafil ekanliklari haqida yozma majburiyat olishidan iboratdir.
Kafillar sonini surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud belgilaydi. Alohida hollarda yuksak ishonchga sazovor bo‘lgan bitta shaxs ham kafil bo‘lishi mumkin.
Kafillar ushbu ehtiyot chorasi qo‘llanilishiga sabab bo‘lgan ayblovning mohiyati, ayblanuvchiga qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jazo, oldini olish maqsadida kafillik tariqasidagi ehtiyot chorasi ko‘rilgan harakat ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan sodir etilgan taqdirda kafillarning javobgarligi haqida ogohlantirilishi lozim. Bu ma’lumotlar kafillikka berish bayonnomasida qayd qilinib, uni shu ehtiyot chorasini qo‘llayotgan mansabdor shaxs, ayblanuvchi, sudlanuvchi va kafillar imzolashi lozim yoki bu ma’lumotlar sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi. Bundan tashqari, har bir kafillikka oluvchi kafillik to‘g‘risida tilxat beradi.
Kafillar ularni javobgarlikka tortish uchun sabab bo‘ladigan asoslar kelib chiqqunga qadar o‘z zimmalariga olingan majburiyatlardan voz kechishlari mumkin.
Kafillar ayblanuvchining, sudlanuvchining xulq-atvorini kuzatishga imkoni bo‘lmaganligini bahona qilishga haqli emaslar, ular bartaraf etib bo‘lmaydigan vaziyatning ta’sirini isbotlab beradigan hollar bundan mustasno.
Ayblanuvchi, sudlanuvchi oldi olinishi uchun shaxsiy kafillik qo‘llanilgan harakatlarni sodir etgan taqdirda, kafil qonunda belgilangan javobgarlikka tortilishi mumkin.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin