O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi


-modda. Majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə122/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   143
22.09.1994 ЖПК

263-modda. Majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror majburiy keltirish to‘g‘risida qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Ushbu qarorda yoki ajrimda: majburiy keltirilishi kerak bo‘lgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; uning protsessual mavqeyi; yashash yoki ish joyi; majburiy keltirish uchun asoslar; shaxsni qayerga va qachon olib kelish kerakligi; majburiy keltirish kimga topshirilganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
264-modda. Majburiy keltirish to‘g‘risidagi qarorni yoki ajrimni bajarish
Majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim ijro etish uchun ish yuritilayotgan joydagi ichki ishlar organiga topshiriladi.
Majburiy keltirilishi lozim bo‘lgan shaxsni topgan ichki ishlar organining xodimi uni qaror yoki ajrim bilan tanishtirib tilxat oladi va mazkur qarorni yoki ajrimni chiqargan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoxud sudga olib keladi. Bunda qarorga (ajrimga) shaxs topilgan vaqt va joy, uni olib kelib topshirilgan vaqt,shuningdek uning majburiy keltirilishi bilan bog‘liq ariza, shikoyat va iltimoslar haqidagi ma’lumotnoma ilova qilinishi lozim.
Ichki ishlar organi shaxsning qochib ketganligi, ta’tilda, xizmat safarida ekanligi, og‘ir kasalligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra yo‘qligi oqibatida majburiy keltirishga imkon bo‘lmaganligini aniqlasa, bu haqda ma’lumotnoma tuzadi hamda qarorni yoki ajrimni chiqargan surishtiruvchi, tergovchi, prokurorga yoxud sudga xabar beradi.
31-bob. ShAXSNI TIBBIY MUASSASAGA JOYLAShTIRISh
265-modda. Sud ekspertizasini o‘tkazish uchun shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish asoslari va muddatlari
Agar sud-tibbiyot yoki sud-psixiatriya ekspertizasini o‘tkazishda ayblanuvchini, sudlanuvchini statsionar ko‘rikdan o‘tkazish zarurati vujudga kelsa, ular tegishli tibbiy muassasaga joylashtirilishi mumkin.
Ruhiy holati ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish va ayblov e’lon qilish imkoniyatini istisno etadigan gumon qilinuvchi ham, agar aynan uning ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganligiga yetarlicha dalillar mavjud bo‘lsa, ekspertiza o‘tkazish uchun tibbiy psixiatriya muassasasiga joylashtirilishi mumkin.
Agar shaxsning gumon qilinuvchi tariqasida bo‘lishi muddati statsionar sud-psixiatriya ekspertizasi tamom bo‘lguniga qadar tugasa, uning ruhiy holati imkon bersa, unga ayblov e’lon qilish yoki uni tibbiy psixiatriya muassasasidan ozod qilish yoxud uni tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash bo‘yicha ish yuritilayotgan shaxs tariqasida e’tirof etish to‘g‘risida qaror chiqarish zarur.
Jabrlanuvchilar va guvohlar tegishli sud ekspertizasini o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga majburiy joylashtirilishi mumkin emas, ular gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining Jinoyat kodeksi 15-moddasining to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganligini fosh qilayotgan va ular bergan ko‘rsatuvlarning ishonchliligini tekshirishning boshqa imkoniyati bo‘lmagan hollar bundan mustasno.
Ishni sudga qadar yuritish bosqichida shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi masala ushbu bobda belgilangan tartibda, sudlanuvchini tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi masala esa ushbu Kodeksning 423, 438-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan hal qilinadi.
Shaxs tibbiy muassasaga ko‘pi bilan bir oy muddatga joylashtirilishi mumkin. Alohida hollarda, shifokorlarning statsionar sud ekspertizasini o‘tkazish davomida olingan xulosasiga asosan, bu muddat sud tomonidan faqat ayblanuvchi va sudlanuvchiga nisbatan bir oygacha uzaytirilishi mumkin. Ayblanuvchining ishni sudga qadar yuritish bosqichida tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish sud tomonidan prokurorning ushbu bobda belgilangan tartibda kiritilgan iltimosnomasiga binoan, sudlanuvchining tibbiy muassasada bo‘lish muddatini uzaytirish esa ushbu Kodeksning 423, 438-moddalarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma ayblanuvchi tibbiy muassasada bo‘lishining belgilangan muddati tugashidan kamida olti sutka oldin tegishli prokuror tomonidan kiritiladi.
Ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash bo‘yicha ish yuritilayotgan shaxs tibbiy muassasaga joylashtirilayotganda, agar mazkur muassasa qamoqqa olinganlarni yoki uy qamog‘idagi shaxslarni saqlash uchun moslashtirilgan bo‘lsa, qamoqqa olish yoxud uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanishi mumkin. Boshqa holda mazkur ehtiyot chorasi bekor qilinishi yoki yengilrog‘i bilan almashtirilishi kerak.
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining tibbiy muassasada bo‘lgan vaqti qamoqda yoki uy qamog‘ida saqlash muddatiga qo‘shib hisoblanadi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin