O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə124/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   143
22.09.1994 ЖПК

268-modda. Sud ajrimi
Sudya shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqib, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risida yoki shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirishni rad qilish haqida ajrim chiqaradi.
Sudning shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi ajrimida: tibbiy muassasaga joylashtiriladigan shaxs haqidagi ma’lumotlar; uning protsessual holati; shaxs joylashtirilayotgan tibbiy muassasaning nomi; shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish asoslari; ehtiyot chorasi to‘g‘risidagi qaror, zarur hollarda esa, shaxsni mazkur muassasaga ko‘chirish to‘g‘risidagi farmoyish ko‘rsatiladi.
Sudya ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqib, ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish haqida yoki ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirishni rad qilish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Ushbu moddaning birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan sud ajrimi o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. Ajrim ijro uchun prokurorga, ma’lumot uchun esa himoyachiga, jabrlanuvchining vakiliga, guvohning advokatiga, qonuniy vakilga yuboriladi.
Ushbu moddaning birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan sud ajrimi ustidan mazkur ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yetmish ikki soat ichida tibbiy muassasaga joylashtirilayotgan shaxs, uning himoyachisi, jabrlanuvchining vakili, guvohning advokati va qonuniy vakil tomonidan apellatsiya tartibida shikoyat berilishi yoxud prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin. Shikoyat, protest ajrim chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud ularni qirq sakkiz soat ichida materiallar bilan birga apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Shikoyat yoki protest berilishi sud ajrimining ijrosini to‘xtatib qo‘ymaydi. Apellatsiya instansiyasi sudi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga ular kelib tushgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmasdan ko‘rib chiqishi kerak.
Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini, protestini ko‘rib chiqib, o‘z ajrimi bilan:
sudyaning ajrimini o‘zgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirishsiz qoldirishga;
sudyaning ajrimini bekor qilish va shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini qo‘llashga yoki ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirishga yoxud mazkur protsessual majburlov chorasini bekor qilishga haqli.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin