O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi


-modda. Sud majlisida tartibni buzganlik uchun javobgarlik



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə127/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   143
22.09.1994 ЖПК

272-modda. Sud majlisida tartibni buzganlik uchun javobgarlik
Sud majlisida tartibni buzgan, raislik qiluvchining farmoyishlariga bo‘ysunmagan yoki sudni behurmat qilgan taqdirda tartibbuzar bunday harakatlarning takrorlanishi uni sud majlisi zalidan chiqarib yuborishga sabab bo‘lajagi haqida, ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan tartibbuzar esa, bundan tashqari, ma’muriy javobgarlikka tortilishi ham mumkinligi xususida ogohlantiriladi. Bu ogohlantirish ta’sir qilmasa, protsess ishtirokchisi sudning ajrimiga, boshqa shaxslar esa, raislik qiluvchining farmoyishiga muvofiq sud majlisi zalidan chiqarib yuboriladi. Ishni ko‘rish chiqarib yuborilgan shaxslarsiz davom ettiriladi.
Sudning ajrimi ayblovchi yoki himoyachiga taalluqli bo‘lsa, ishni eshitish keyinga qoldirilishi lozim, bir shaxsni bir necha ayblovchi ayblayotgan yoki bir necha himoyachi himoya qilayotgan hollar bundan mustasnodir. Zaldan chiqarib yuborilgan ayblovchi yoki himoyachining nomunosib xulq-atvori to‘g‘risida sud xususiy ajrim chiqarib, uni tegishliligiga qarab, yuqori turuvchi prokurorga yoki O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga yuboradi.
Sud zalidan sudlanuvchi chiqarib yuborilgan bo‘lsa, hukm uning ishtirokida e’lon qilinishi yoki e’lon qilinganidan keyin unga darhol ma’lum qilinib, tilxat olinishi lozim.
Sud majlisi zalidan chiqarib yuborilgan shaxs (sudlanuvchi, ayblovchi va himoyachi bundan mustasno) raislik qiluvchi tomonidan uning joyning o‘zida chiqargan ajrimiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin. Ajrim sud majlisining bayonnomasida qayd etiladi.
273-modda. Sud majlisida protsessual majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlikni yuklashga qaratilgan sud harakatlari
Agar protsess ishtirokchisining odil sudlovga qarshi jinoyat sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishiga asoslar sud muhokamasida yoki ish apellatsiya, kassatsiya yoxud taftish tartibida ko‘rib chiqilayotganda aniqlangan bo‘lsa, unda sud jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin