O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi


-modda. Ehtiyot chorasini tanlashda e’tiborga olinadigan holatlar



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə104/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   143
22.09.1994 ЖПК

238-modda. Ehtiyot chorasini tanlashda e’tiborga olinadigan holatlar
Ehtiyot choralaridan qaysi birini qo‘llash to‘g‘risidagi masalani hal qilishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud ushbu Kodeksning 236-moddasida nazarda tutilgan asoslardan tashqari qo‘yilgan aybning og‘irligini, ayblanuvchining shaxsini, mashg‘ulot turini, yoshi, sog‘lig‘i, oilaviy ahvoli va boshqa holatlarni ham hisobga oladi.
239-modda. Ehtiyot chorasi qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan shaxslar
Ehtiyot chorasi faqat ayblanuvchilarga, sudlanuvchilarga, mahkumlarga va aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan yoki jinoyat sodir etganidan keyin ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
Alohida hollarda, ishni sudga qadar yuritish bosqichida ushlab turilgan gumon qilinuvchiga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish, uy qamog‘i yoki garov tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilishi mumkin.
Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosiga nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tegishli palatasi yoki uning Kengashi roziligi bilan;
2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligi bilan;
21) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining roziligi bilan;
3) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatiga, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashining deputatiga nisbatan — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, tegishli xalq deputatlari Kengashi roziligi bilan;
4) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyalariga nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining roziligi bilan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarining, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarining, tumanlararo ma’muriy sudlarining va O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudlarining sudyalariga nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi mavjud bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining roziligi bilan;
41) O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining a’zosiga nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining roziligi bilan;
5) prokuror va prokuratura tergovchisiga nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligi bilan qo‘llanilishi mumkin.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin