O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi


-modda. Ushlab turilganlarni saqlash joylari



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə102/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   143
22.09.1994 ЖПК

228-modda. Ushlab turilganlarni saqlash joylari
Ushlangan shaxs ichki ishlar organi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilganidan so‘ng u ozodlikdan mahrum etish joyi hisoblanmagan xizmat binolarida saqlanadi yoki vaqtincha saqlash hibsxonasi kamerasiga, ushlab turilgan harbiy xizmatchi esa gauptvaxtaga joylashtiriladi.
Ushlab turilganlarni ayrim joylarda istisno tarzida maxsus moslashtirilgan binolarda, dengiz va daryo kemalarida esa, maxsus ajratilgan kayutalarda saqlashga yo‘l qo‘yiladi.
Jazoni ijro etish muassasalarida ushlab turilganlarni saqlash uchun maxsus kameralar jihozlanadi.
Ushlab turilganlarni qamoqda saqlash joylarida saqlash tartibi va shart-sharoitlari qonunda belgilanadi.
230-modda. Ushlab turilganlarga uchrashish uchun ruxsat berish
Ushlab turilgan shaxsga himoyachi bilan uchrashuvga ushbu Kodeks 46-moddasining birinchi qismida va 48-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga ko‘ra ruxsat beriladi.
Ushlab turilgan shaxsga himoyachi bilan birinchi xoli uchrashuvga birinchi so‘roqqacha ruxsat beriladi. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanayotgan ushlab turilgan shaxsning himoyachi bilan uchrashuviga ushbu Kodeks 226-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan ehtiyot chorasi qo‘llanilishi lozim bo‘lgan, muddatlar inobatga olingan holda ruxsat beriladi hamda uchrashuv surishtiruvchi, tergovchi va prokuror tomonidan ikki soatga qadar cheklanishi mumkin.
Ushlab turilgan shaxsga qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashuvga ushlab turilgan shaxslar saqlanadigan joyning ma’muriyati ushlab turish to‘g‘risidagi materiallar qaysi tergovchi yoki surishtiruvchining ish yurituvida bo‘lsa, faqat o‘sha tergovchi yoki surishtiruvchining yozma ruxsati asosida ijozat beradi, himoyachi bilan uchrashuv bundan mustasno.
234-modda. Ushlab turilganni ozod qilish asoslari va tartibi
Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaxs, agar:
1) jinoyat sodir etganligi haqidagi gumon tasdiqlanmasa;
2) ushlab turilganga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash zarurati bo‘lmasa yoki uni qo‘llash sud tomonidan rad etilsa;
3) ushlab turishning belgilangan muddati tugagan bo‘lsa va ushlab turilganga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilmagan yoxud ushbu Kodeks 243-moddasi o‘ninchi qismining 3-bandiga muvofiq ushlab turish muddati uzaytirilmagan bo‘lsa, ozod qilinadi.
Ushlab turilgan shaxsni ozod qilish surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qaroriga yoxud sudning ajrimiga binoan ushlab turilganlar saqlanadigan joyning boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi. Ozod qilish to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim ushlab turilganlar saqlanadigan joyga kelib tushishi bilan darhol ijro etiladi.
Ushlab turilgan shaxsni bundan buyon ushlab turish uchun asoslar yo‘qligi aniqlanishi bilanoq surishtiruvchi va tergovchi uni darhol ozod qilishlari shart.
Prokurorning, tergovchining yoki surishtiruvchining ushlab turilgan shaxsni ozod qilish haqidagi qarori yoxud sudning uni ushlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi yoki unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi ajrimi qonunda belgilangan ushlab turish muddati ichida ushlab turilganlar saqlanadigan joyga kelib tushmasa, ushlab turilganlar saqlanadigan joyning boshlig‘i bu shaxsni ozod qiladi va uning ozod qilinganligi to‘g‘risida prokurorga, tergovchiga yoki surishtiruvchiga bildirish xati yuboradi.
Zarur hollarda ushlab turilganlar saqlanadigan joyning ma’muriyati ozod qilingan shaxslarning yashash joyiga tekin jo‘nab ketishini ta’minlaydi; ularning iltimosiga ko‘ra, ushlab turilganlar saqlanadigan joyda bo‘lgan vaqti haqida ma’lumotnoma beradi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin