O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi


-bob. NARSA VA HUJJATLARNI AShYoVIY VA YoZMA DALIL SIFATIDA IShGA QO‘ShIB QO‘YISh



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə93/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   143
22.09.1994 ЖПК

25-bob. NARSA VA HUJJATLARNI AShYoVIY VA YoZMA DALIL SIFATIDA IShGA QO‘ShIB QO‘YISh
203-modda. Ashyoviy dalillar
Kelib chiqishini, kimga tegishliligini, ma’lum maqsadlarda foydalanilganligini yoki foydalanishga yaroqliligini, qo‘ldan-qo‘lga o‘tganligi yoki turgan joyi o‘zgarganligini, u yoki bu moddalar, narsa, jarayon va hodisalar ta’sir etganligini aniqlash mumkin bo‘lgan fizikaviy alomatlar yoki belgilarga, shuningdek ish holatlarini aniqlashga xizmat qiladigan har qanday boshqa alomatlar va belgilarga ega bo‘lgan narsa ashyoviy dalil hisoblanadi.
2031-modda. Jinoyat quroli
Ashyoviy dalil deb e’tirof etilgan jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki sodir etish uchun maxsus mo‘ljallangan, tayyorlangan yoki moslashtirilgan narsalar, shuningdek jinoiy maqsadlarga erishish uchun jinoyat sodir etish jarayonida bevosita foydalanilgan mol-mulk jinoyat qurolidir.
204-modda. Yozma dalillar
Mansabdor shaxs yoki fuqaro tomonidan so‘z, raqam, chizma yoki boshqa shaklda yozilgan va ish uchun ahamiyatli bo‘lishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni saqlash, o‘zgartirish, berish uchun mo‘ljallangan hujjat yoki boshqa yozuvlar yozma dalil hisoblanadi.
Tergov harakatining bayonnomasi, sud majlisining bayonnomasi va ularning ilovalari ham yozma dalil hisoblanadi.
Ushbu Kodeksning 203-moddasida ko‘rsatilgan alomatlari, belgilari, izlari bo‘lgan hujjatlar va boshqa xatlar ham ashyoviy dalil bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
205-modda. Ashyoviy va yozma dalillarni olish usullari
Ashyoviy va yozma dalil sifatida foydalaniladigan narsalar, hujjatlar va boshqa yozuvlar hodisa sodir bo‘lgan joyni yoki boshqa joylarni, binolarni ko‘zdan kechirish, tanib olish uchun ko‘rsatish, guvohlantirish, murdani eksgumatsiya qilish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish, ko‘rsatuvni hodisa yuz bergan joyda tekshirish, olib qo‘yish, tintuv yoki eksperiment o‘tkazish jarayonida olinishi mumkin yoxud ular ushbu Kodeksning 198 — 202-moddalarida nazarda tutilgan tartibda surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilinishi mumkin.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin