O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi


-modda. Hujjatlarni ularning egasi bo‘lmish shaxslar tashabbusi bilan surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilish



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə92/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   143
22.09.1994 ЖПК

200-modda. Hujjatlarni ularning egasi bo‘lmish shaxslar tashabbusi bilan surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilish
Fuqarolar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari o‘z ixtiyorlaridagi hujjatlarni yoki o‘zlaridagi mavjud ma’lumotlar asosida maxsus tuzilgan hujjatlarni surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilishga haqlidirlar.
201-modda. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga ko‘ra hujjatlarni taqdim qilish
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga ko‘ra o‘z ixtiyorlaridagi hujjatlarni yoki o‘zlaridagi mavjud ma’lumotlar asosida maxsus tuzilgan hujjatlarni taqdim qilishlari shart.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga ko‘ra o‘z vakolatlari doirasida taftish yoki boshqa xizmat tekshiruvi o‘tkazishlari va taftish yoki tekshiruv natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomani barcha ilovalari bilan birga belgilangan muddatda taqdim qilishlari shart.
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud taftish yoki tekshiruv natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada yoxud boshqa hujjatda belgilangan qoidalardan chekinishlar, nuqsonlar, ziddiyatlar va boshqa kamchiliklarni aniqlagan taqdirda, hujjatdagi qayd etilgan xatolar bartaraf etilishini talab qilishga haqli.
202-modda. Narsa va hujjatlarni taqdim qilish bayonnomasi
Ashyoviy dalillar sifatida ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsa va hujjatlar taqdim qilinganligi to‘g‘risida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi, tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa sud majlisining bayonnomasiga yozib qo‘yadi.
Bayonnomada:
1) narsa yoki hujjatni taqdim etgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
2) bu shaxsning narsa yoki hujjatni ishga qo‘shib qo‘yish to‘g‘risidagi iltimosnomasi;
3) narsa yoki hujjatni ko‘zdan kechirish jarayoni va natijalari, agar u pochta orqali yuborilgan bo‘lsa, uning o‘ramasini ko‘zdan kechirish natijalari;
4) narsa yoki hujjatning surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga haqiqatan ham topshirilgani yoxud narsa yoki hujjat uni keltirgan shaxsga qaytarib berilgani ko‘rsatiladi.
Ashyoviy dalil sifatida ahamiyatli bo‘lgan yoki ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsa yoki hujjatni taqdim etgan shaxsga surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnomadan nusxa, sud majlisida raislik qiluvchi esa sud majlisi bayonnomasidan ko‘chirma beradi.
Qabul qilib olingan narsa yoki hujjat pochta orqali kelgan bo‘lsa, bayonnomaning nusxasi yoki undan olingan ko‘chirma narsani yoki hujjatni yuborgan shaxsga jo‘natiladi, pochta pattasi bayonnomaga ilova qilinadi. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud pochta orqali olingan narsa yoki hujjatni ishga aloqador emas deb topib, uni yuboruvchiga pochta orqali qaytargan taqdirda ham pochta pattasi bayonnomaga qo‘shib qo‘yiladi.
Taqdim etilgan narsa yoki hujjatni ashyoviy dalil sifatida ishga qo‘shib qo‘yish haqidagi iltimosni rad qilish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Taftishlar va boshqa xizmat tekshiruvlarining dalolatnomalari yozma dalil sifatida taqdim qilingan boshqa hujjatlar qatori ishga maxsus rasmiylashtirilmasdan qo‘shib qo‘yiladi.
Tergov yoki sud harakatlarini yuritishda vaqtincha foydalanish uchun so‘ralgan narsalarning qabul qilingani va qaytarib berilgani surishtiruvchi, tergovchi, sud majlisida raislik qiluvchi yoki sud majlisining kotibi, shuningdek narsalarning egasi tomonidan beriladigan tilxatlar bilan rasmiylashtiriladi. Taqdim qilingan narsalar ish uchun ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lsa, ularning belgilari, xossalari, texnikaviy tavsifi, basharti ular yuritilayotgan tergov davomida ishlatilgan bo‘lsa, shu tergov harakati bayonnomasida yoki sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin