O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi


-modda. Pul, qimmatli qog‘ozlar, valyuta boyliklari va zargarlik buyumlarini saqlash uchun topshirish



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə95/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   143
22.09.1994 ЖПК

209-modda. Pul, qimmatli qog‘ozlar, valyuta boyliklari va zargarlik buyumlarini saqlash uchun topshirish
Ishga ashyoviy dalil sifatida qo‘shib qo‘yilgan pul, qimmatli qog‘ozlar, valyuta boyliklari, zargarlik buyumlari va qimmatbaho metallardan, qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlar, shuningdek bunday buyumlarning rezgilari topilganda mutaxassis ishtirokida ko‘zdan kechirilishi va belgilangan tartibda saqlash uchun topshirilishi lozim.
Fuqaroviy da’voni ta’minlash maqsadida yoxud garov tariqasida olib qo‘yilgan yoki qabul qilingan pullar uch sutkadan kechiktirmay surishtiruv, dastlabki tergov organi yoki sudning depozit hisobiga topshirilishi shart.
210-modda. Jinoyat ishini yuritish tamom bo‘lgunga qadar ashyoviy dalillar to‘g‘risida qabul qilinadigan qarorlar
Ashyoviy dalillardan: tez buziladigan narsalar, kundalik ro‘zg‘orda zarur bo‘ladigan narsalar; uy hayvonlari, parrandalar va boqish lozim bo‘lgan boshqa hayvonlar zarur tergov harakatlari o‘tkazilgach, kechiktirmay egalariga qaytarib berilishi lozim.
Tez buziladigan narsalar yoki uy hayvonlari, parrandalar va boshqa hayvonlarning qonuniy egasi yoxud mulkdori noma’lum bo‘lgan yoki boshqa sabablarga ko‘ra ularni qaytarib berish mumkin bo‘lmagan hollarda ular qarab turish yoki belgilangan maqsadga muvofiq foydalanish uchun tegishli korxona, muassasa, tashkilotga topshirilishi lozim.
211-modda. Jinoyat ishini yuritish tamom bo‘lganligi munosabati bilan ashyoviy dalillar to‘g‘risida qabul qilinadigan qarorlar
Hukmda, shuningdek jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi ajrimda yoki qarorda ashyoviy dalillar masalasi quyidagi qoidalarga rioya etilgan holda hal qilinadi:
1) gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo‘lgan jinoyat qurollari musodara qilinishi kerak va ular tegishli muassasalarga topshiriladi yoki yo‘q qilib yuboriladi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo‘lmagan mol-mulk qonuniy egalariga, mulkdorlariga yoki ularning huquqiy vorislariga, shuningdek merosxo‘rlariga qaytarib beriladi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo‘lmagan mol-mulkning qonuniy egalari, mulkdorlari yoki ularning huquqiy vorislari, xuddi shuningdek merosxo‘rlari aniqlanmagan taqdirda, ushbu mol-mulk davlat daromadiga o‘tkaziladi;
2) muomaladan chiqarilgan ashyolar tegishli muassasalarga berilishi lozim yoki yo‘q qilib yuboriladi;
3) hech qanday qimmatga ega bo‘lmagan ashyolar yo‘q qilib yuboriladi, manfaatdor shaxslar yoki muassasalar iltimos qilgan hollarda esa ularga berilishi mumkin;
4) jinoyat yoki boshqa g‘ayrihuquqiy harakatlar sodir qilinishi natijasida qonuniy egasi va mulkdoridan mahrum bo‘lib qolgan pullar yoki boshqa boyliklar qonuniy egalariga, mulkdorlariga yoki ularning huquq vorislariga, shuningdek merosxo‘rlariga qaytarib berilishi lozim;
5) jinoiy yo‘l bilan orttirilgan pullar va boshqa boyliklar sudning hukmiga binoan jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy zararni qoplashga o‘tkaziladi, mulkiy zarar ko‘rgan shaxs aniqlanmagan taqdirda, davlat foydasiga o‘tkaziladi;
6) ashyoviy dalil hisoblanuvchi hujjatlar ularni saqlash zarurati tugagunga qadar ishda asrab turiladi yoki manfaatdor shaxslarga yoxud muassasalarga beriladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin