O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi


-modda. Qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish tartibi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə112/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   143
22.09.1994 ЖПК

247-modda. Qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish tartibi
Ayblanuvchini qamoqda saqlab turishning yoki u uy qamog‘ida bo‘lishining belgilangan muddati tugashidan kamida olti sutka oldin tegishli prokuror qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida qaror chiqaradi, bu qaror sudga yuboriladi.
Qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorda tergovning cho‘zilib ketganligi sabablari, tekshirilishi lozim bo‘lgan tusmollar va holatlar, qo‘shimcha ravishda so‘ralayotgan muddat ko‘rsatilishi kerak.
Qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma jinoyat sodir etilgan yoki surishtiruv, dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan, mazkur sudlarning sudyasi bo‘lmagan yoxud qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi materialni ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.
Qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soat ichida yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
Qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma prokuror, ayblanuvchi, himoyachi ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Zarur hollarda surishtiruvchi, tergovchi sudga chaqirilishi mumkin.
Ayblanuvchi statsionar sud-psixiatriya ekspertizasidan o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilgan taqdirda, qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma sud tomonidan ayblanuvchining ishtirokisiz ko‘rib chiqilishi mumkin. Bunda ayblanuvchining himoyachisi sud majlisida ishtirok etishi shart.
Sudya qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
1) qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish to‘g‘risida;
2) qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirishni rad qilish to‘g‘risida.
Sudyaning qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish haqidagi yoki qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirishni rad qilish to‘g‘risidagi ajrimi o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va darhol ijro qilinishi kerak. Sudyaning ajrimi ijro uchun prokurorga, ma’lumot uchun esa ayblanuvchiga, himoyachiga yuboriladi. Sudyaning ajrimi ustidan ushbu Kodeks 241-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga binoan yetmish ikki soat ichida apellatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin.
Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini, protestini ko‘rib chiqib, o‘z ajrimi bilan:
1) sudyaning ajrimini o‘zgarishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
2) sudyaning ajrimini bekor qilish va qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirishni rad etishga yoxud qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirishga haqli. Qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddati tugab, ozod etilgan ayblanuvchiga nisbatan qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddati uzaytirilgan taqdirda, sud unga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashi kerak.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin