O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi


-modda. Jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə115/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   143
22.09.1994 ЖПК

252-modda. Jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi
Jamoat birlashmasi yoki jamoa ishda ayblanuvchi, sudlanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan shaxsni kafillikka olish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
Jamoat birlashmasi yoki jamoa o‘z qarorini ayblanuvchining, sudlanuvchining munosib xulq-atvorda bo‘lishiga kafil ekanligi to‘g‘risidagi yozma majburiyat tarzida bayon qiladi. Bu majburiyat surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga taqdim qilinadi, ular jamoat birlashmasi yoki jamoaning qaroriga rozi bo‘lsalar, shunday ehtiyot chorasini tanlab, bu haqda qaror yoki ajrim chiqaradilar. Ayni vaqtda jamoat birlashmasi yoki jamoa vakiliga ushbu ehtiyot chorasi qo‘llanilishiga sabab bo‘lgan ayblovning mohiyati, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga esa, basharti xulq-atvori nomunosib bo‘lsa, ehtiyot chorasi jiddiyrog‘i bilan almashtirilishi mumkinligi tushuntirilgani to‘g‘risida bayonnoma tuziladi.
Ayblanuvchi, sudlanuvchi boshqa ishga o‘tgan yoxud istiqomat joyini o‘zgartirgan taqdirda jamoat birlashmasi yoki jamoa bu haqda ehtiyot chorasini tanlagan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga darhol xabar berishi shart. Bunday hollarda jamoa kafilligi bekor qilinadi va boshqa ehtiyot chorasi bilan almashtirilishi mumkin.
Ayblanuvchining, sudlanuvchining xulq-atvori nomunosib bo‘lgan taqdirda jamoat birlashmasi yoki jamoa kafillikdan voz kechishga haqlidir.
253-modda. Voyaga yetmaganlarni kuzatuv ostiga olish uchun topshirish
Voyaga yetmaganlarni ota-onalari, vasiylari, homiylari, bolalar muassasasining ma’muriyati kuzatuv ostiga olishi uchun topshirish ushbu Kodeksning 556-moddasida ko‘rsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
254-modda. Harbiy xizmatchining xulq-atvori ustidan qo‘mondonlik kuzatuvi
Ayblanayotgan muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisi yoki o‘quv yig‘iniga chaqirilgan harbiy xizmatga majbur shaxs surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bo‘yicha harbiy qism, qo‘shilma, harbiy muassasa, harbiy o‘quv yurti qo‘mondonligining kuzatuviga berilishi mumkin.
Qo‘mondonlik kuzatuvi qonunchilikda nazarda tutilgan va ayblanuvchining munosib xulq-atvorda bo‘lishini ta’minlaydigan choralarni ko‘rishdan iborat.
Ushbu ehtiyot chorasini qo‘llash, bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risidagi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori va sudning ajrimi qo‘mondonlik uchun majburiydir, unga harbiy xizmatchi ustidan kuzatuv o‘rnatish zaruratini keltirib chiqargan ayblovning mohiyati tushuntirilishi lozim. Oldini olish maqsadida mazkur ehtiyot chorasi qo‘llanilgan harakatlar ayblanuvchi tomonidan sodir etilgan taqdirda, qo‘mondonlik surishtiruvchini, tergovchini, prokurorni yoki sudni bu haqda darhol xabardor qilishi shart.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin