O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə116/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   143
22.09.1994 ЖПК

281-bob. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish
2541-modda. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish maqsadi va asoslari
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish ayblanuvchi, sudlanuvchi surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan bo‘yin tovlashining oldini olish, uning bundan keyingi jinoiy faoliyatining oldini olish, hukmning ijro etilishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Ayblanuvchi yoki sudlanuvchi pasportdan (harakatlanish hujjatidan) foydalanib, O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishi yoki xorijda harakatlanishi mumkin, deb hisoblashga yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, mazkur pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishi to‘xtatib turilishi mumkin.
Ayblanuvchi pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi masala ushbu bobda belgilangan tartibda, sudlanuvchi pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish haqidagi masala esa, ushbu Kodeksning 423-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan hal qilinadi.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish faqat davlatlararo yoki xalqaro qidiruv e’lon qilingan ayblanuvchiga yoki sudlanuvchi shaxsga nisbatan qo‘llaniladi.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tugatishga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning huquqiy maqomini bekor qilishga sabab bo‘lmaydi.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish deganda pasportning, biometrik pasportning, xorijga chiqish uchun biometrik pasportning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs harakatlanish hujjatining amal qilishini vaqtinchalik to‘xtatib turish tushuniladi.
2542-modda. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish
Prokuror, tergovchi, surishtiruvchi pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida mazkur protsessual majburlov chorasini qo‘llash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorda pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish zaruriyati yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan asoslar bayon qilinadi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.
Surishtiruvchining, tergovchining pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi.
Prokuror pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi bo‘lgan taqdirda, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin