O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə28/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   143
22.09.1994 ЖПК

71-modda. Tarjimon
Tarjimon quyidagi hollarda chaqiriladi:
1) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar yoxud ularning vakillari, guvoh, ekspert, mutaxassis ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarli darajada bilmasa yoinki kar yoki soqov bo‘lsa;
2) biror matnni boshqa tildan tarjima qilishga zarurat bo‘lsa.
Tarjimonga tegishli qoidalar ish yuritishda ishtirok etish uchun taklif qilingan, kar yoki soqovning imo-ishoralarini tushunadigan shaxsga nisbatan ham qo‘llaniladi.
72-modda. Tarjimonning huquq va majburiyatlari
Tarjimon: tarjimani aniqlashtirish maqsadida protsess ishtirokchilariga savollar berish; o‘zi qatnashgan tergov harakatlari bayonnomasi, shuningdek sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish hamda bayonnomaga kiritilishi lozim bo‘lgan mulohazalar bildirish; basharti tarjima qilish uchun zarur bilim va malakaga ega bo‘lmasa, ish yuritishda ishtirok etishdan voz kechish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat keltirish huquqiga egadir.
Tarjimon: surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning, sudning chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi; o‘ziga topshirilgan tarjimani aniq va to‘liq bajarishi; tarjimaning to‘g‘riligini o‘zining ishtirokida o‘tkazilgan tergov harakati bayonnomasi va sud majlisining bayonnomasiga, shuningdek protsess ishtirokchilariga ularning ona tiliga yoki ular biladigan boshqa tilga tarjima qilib topshiriladigan protsessual hujjatlarga imzo chekish bilan tasdiqlashi; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning ruxsatisiz surishtiruv va dastlabki tergov materiallarini oshkor qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
Tarjimon bila turib noto‘g‘ri tarjima qilgan taqdirda qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladi.
73-modda. Xolislar
Xolislar surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan tergov yoki boshqa harakatlar o‘tkazilganini, uni o‘tkazish jarayoni va natijalarini tasdiqlash uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda chaqiriladi.
Tergov harakatlarini yuritishda ishtirok etish uchun ishning oqibatidan manfaatdor bo‘lmagan, kamida ikki nafar voyaga yetgan fuqaro chaqirilishi lozim. Tergov harakatini boshlashdan oldin surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror xolislarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin