O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi


-bob. JINOYAT PROTSESSIDA IShTIROK ETIShGA MONELIK QILADIGAN HOLATLAR. RAD QILIShLAR



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə30/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   143
22.09.1994 ЖПК

7-bob. JINOYAT PROTSESSIDA IShTIROK ETIShGA MONELIK QILADIGAN HOLATLAR. RAD QILIShLAR
76-modda. Sudyaning, prokurorning, tergovchining, surishtiruvchining, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining va sud majlisi kotibining ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar
Quyidagi hollarda sudya, shuningdek xalq maslahatchisi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, sud majlisining kotibi jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli emas va uni rad qilish lozim, basharti:
1) u shu ish bo‘yicha jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis, guvoh, himoyachi sifatida, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining qonuniy vakili yoki jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning, fuqaroviy javobgarning vakili sifatida ishtirok etayotgan yoki ilgari ishtirok etgan bo‘lsa;
2) u ushbu ishni yuritish uchun mas’ul bo‘lgan biror mansabdor shaxsning yoki ushbu modda birinchi qismining 1-bandida ko‘rsatilgan o‘zga shaxslarning qarindoshi bo‘lsa;
3) uning xolisligiga va beg‘arazligiga shubha tug‘diradigan boshqa holatlar mavjud bo‘lsa.
Sudya ilgari shu ishni yuritishda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud majlisining kotibi sifatida ishtirok etgan bo‘lsa, o‘sha ishni kelgusida ko‘rishda qatnasha olmaydi.
Birinchi, apellatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudida ishni ko‘rishda ishtirok etgan sudya o‘z ishtirokida chiqarilgan hukm, ajrim bekor qilinganidan keyin o‘sha ishni ko‘rishda ishtirok eta olmaydi.
Jinoyat ishini birinchi instansiya sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini apellatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok eta olmaydi.
Jinoyat ishini apellatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi instansiya yoki taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok eta olmaydi.
Jinoyat ishini kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi instansiya yoki taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas.
Jinoyat ishini taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya ushbu jinoyat ishini birinchi instansiya, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda, shuningdek ishni yuqori instansiya sudida taftish tartibida qayta ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas.
Surishtiruvchining, tergovchining, shuningdek sud majlisi kotibining o‘z protsessual majburiyatlarini bajarishi ularning shu ish bo‘yicha tegishincha surishtiruvni, dastlabki tergovni yuritishda takroran ishtirok etishi, shuningdek sud majlisi bayonnomasini yuritishi uchun monelik qilmaydi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin