O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi


-modda. Eksperiment o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə65/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   143
22.09.1994 ЖПК

154-modda. Eksperiment o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim
Eksperiment o‘tkazish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Eksperiment natijasida fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga mulkiy zarar yetkazilishi, ishlab chiqarish tartibotining, transport vositalari harakati jadvalining buzilishi va boshqa noxush oqibatlarning kelib chiqishi ehtimol bo‘lsa, surishtiruvchining, tergovchining bunday eksperiment o‘tkazish to‘g‘risidagi qaroriga prokuror sanksiya berishi lozim.
Eksperiment jamoat tartibi yoki axloq normalarining buzilishiga olib keladigan bo‘lsa, uni o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ekspert tomonidan o‘tkaziladigan eksperiment sud ekspertizasining tarkibiy qismi hisoblanadi.
155-modda. Eksperimentni o‘tkazish tartibi
Surishtiruvchi yoki tergovchi eksperimentni xolislar, sud esa taraflar ishtirokida o‘tkazadi.
Eksperiment o‘tkazishga mutaxassis va ekspert, shuningdek tajriba harakatlarini olib boruvchi shaxslar jalb qilinishi mumkin. Murakkab eksperimentlar kamida ikki nafar xolis va bir necha mutaxassis ishtirokida o‘tkazilishi mumkin. Eksperiment o‘tkazishga, shuningdek ko‘rsatuvlari tekshirilishi lozim bo‘lgan shaxslar ham jalb qilinishi lozim. Bunda guvohlar va jabrlanuvchilar ko‘rsatuv berishdan bo‘yin tovlaganlik va bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilishi lozim. Eksperiment ishtirokchilariga uning maqsadi va o‘tkazilish tartibi tushuntiriladi.
Tajriba harakatlarini o‘tkazishdan oldin o‘rganilayotgan hodisa sharoitlari tekshirilayotgan ko‘rsatuv yoki tusmollarga to‘la muvofiq holda tiklangan bo‘lishi lozim. Buning uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvohlarning har biriga alohida-alohida o‘zi qatnashgan yoki shohid bo‘lgan hodisaning sharoit va holatlarini tiklash taklif qilinishi mumkin. Shundan keyin surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tegishli tajriba harakatlarini o‘tkazadi, shu maqsadda o‘lchash, fotosuratga tushirish, kinotasvirga olish, ovoz yozish, videoyozuv, reja, sxema va chizmalar tuzish, eksperimental qoliplar va izlarning nusxalarini tayyorlash mumkin.
Eksperiment o‘tkazish sharoiti tiklanayotgan harakat yoki hodisalar yuz bergan sharoitga iloji boricha o‘xshash bo‘lishi lozim. Tajribalar imkon boricha bir necha marta o‘tkaziladi. Tajribalarning sharoitlari o‘zgartirilishi mumkin.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh, mutaxassis va ekspertga eksperiment yuzasidan savol berilishi mumkin. Sudning ijozati bilan eksperimentda ishtirok etayotgan shaxslarga taraflar ham savol berishi mumkin. Taraflar va eksperimentda ishtirok etayotgan boshqa shaxslar surishtiruvchining, tergovchining va sudning e’tiborini, ularning fikricha ish holatini aniqlashga yordam berishi mumkin bo‘lgan barcha holatlarga qaratishga, eksperiment sharoitiga aniqlik kiritishni va tajriba harakatlarini takrorlashni talab qilishga haqlidir. Ko‘rsatuvi tekshirilayotgan shaxs eksperiment munosabati bilan o‘zining qo‘shimcha so‘roq qilinishini talab qilishi mumkin.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin