O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi


-modda. Guvohlantiriladigan shaxslar



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə61/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   143
22.09.1994 ЖПК

143-modda. Guvohlantiriladigan shaxslar
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va jabrlanuvchi guvohlantirilishlari mumkin. Guvoh uning ko‘rsatuvlari to‘g‘riligini tekshirish uchungina guvohlantirilishi mumkin.
144-modda. Guvohlantirishni o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchining badanida jinoyat izlari, ish uchun ahamiyatga molik boshqa belgilar yoki uning g‘ayritabiiy fiziologik holati to‘g‘risida yetarli ma’lumotlar bo‘lsa, guvohlantirishni o‘tkazish haqida surishtiruvchi yoki tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi.
Qarorda yoki ajrimda: guvohlantirishni kim va qanday maqsadda o‘tkazishi; kimni guvohlantirish kerakligi; guvohlantirilishi uchun shaxs kimning huzuriga va qachon yetib kelishi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
145-modda. Guvohlantirish haqidagi qarorning yoki ajrimning majburiyligi
Surishtiruvchining, tergovchining guvohlantirish o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori yoki sudning shu to‘g‘ridagi ajrimi qaysi shaxs xususida chiqarilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsga nisbatan majburiydir.
Guvohlantirishdan bosh tortayotgan shaxslar majburiy keltirilishi va guvohlantirilishi mumkin.
146-modda. Guvohlantirishni o‘tkazish tartibi
Guvohlantirishni o‘tkazish haqidagi qaror yoki ajrim guvohlantiriluvchiga e’lon qilinadi. Guvohlantirishning barcha ishtirokchilariga ularning huquq va burchlari tushuntirilishi lozim.
Shaxsni yechintirib yalang‘ochlash, shuningdek uning badanidagi tirnalgan, shilingan, qontalash joylarni aniqlash bilan bog‘liq bo‘lmagan guvohlantirish surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan xolislar ishtirokida, zarur hollarda esa, shifokor yoki boshqa mutaxassis ishtirokida o‘tkaziladi. Ushbu turdagi guvohlantirish taraflar ishtirokida sud tomonidan ham o‘tkazilishi mumkin.
Shaxsni yechintirib yalang‘ochlash yoki uning badanidagi tirnalgan, shilingan, qontalash joylarni aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan, shuningdek ushbu Kodeks 142-moddasining ikkinchi bandida nazarda tutilgan guvohlantirish surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning topshirig‘iga binoan shifokor yoxud boshqa mutaxassis tibbiy xodim tomonidan o‘tkaziladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin