O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi


-modda. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə59/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   143
22.09.1994 ЖПК

137-modda. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish
Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish aynan ana shu joyda jinoyat sodir etilganligi yoki uning izlari borligi haqida ma’lumotlar bo‘lgan taqdirda o‘tkaziladi.
Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda hodisa sodir bo‘lgan joy jinoyat ishi qo‘zg‘atilishidan oldin ham ko‘zdan kechirilishi mumkin.
Katta maydonlarni va binolarni ko‘zdan kechirish bir necha surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin, bunda ularning har biri kamida ikki nafar xolis ishtirokida ko‘zdan kechirishi lozim.
Hodisa sodir bo‘lgan joydan olingan narsalar, hujjatlar va izlar o‘raladi va muhrlanadi. Katta hajmdagi narsalar olinmaydi va muhrlanmaydi, lekin tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi yoki tergovchi ularni saqlash choralarini ko‘rishi lozim.
138-modda. Murdani ko‘zdan kechirish
Surishtiruvchi yoki tergovchi murdaning tashqi ko‘rinishini u topilgan joyda xolislar va sud-tibbiyot sohasidagi mutaxassis shifokor ishtirokida ko‘zdan kechiradi. Bunday mutaxassis shifokor ishtirok etishiga imkoniyat bo‘lmagan taqdirda, boshqa shifokor ishtirok etadi. Zarur hollarda murdani ko‘zdan kechirish uchun boshqa mutaxassislar, shuningdek ekspertlar jalb qilinadi.
Eksgumatsiya vaqtida murdani ko‘zdan kechirish ushbu Kodeksning 148 — 152-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilgan holda o‘tkaziladi.
Murda topilgan joyda uni tanib olish uchun ko‘rsatish chog‘ida ushbu Kodeksning 126 va 131-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilinadi. Tanib olinmagan murdalarning barmoq izlari olinishi shart. Ushbu Kodeksning 188 — 191, 193 va 197-moddalari talablariga rioya qilgan holda murdadan tekshirish uchun boshqa xil namunalar ham olinishi mumkin.
Tanib olinmagan murdani faqat prokuror ruxsati bilangina ko‘miladi.
139-modda. Tevarak-atrof va binolarni ko‘zdan kechirish
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi va sud tevarak-atrof va binolarni quyidagi qoidalarga rioya qilgan holda ko‘zdan kechiradilar.
Fuqaroning uyi yoki xizmat joyini ko‘zdan kechirish zarurati bo‘lsa, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi yoki tergovchi bu haqda qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Turar joyi ko‘zdan kechirilayotgan shaxs yoki tegishli korxona, muassasa, tashkilotning vakili chiqarilgan qaror yoki ajrim bilan tanishtirilib, bu haqda imzo chektiriladi.
Ko‘zdan kechirish korxonada, muassasada, tashkilotda o‘tkazilsa — ma’muriyat vakilining, harbiy qismda, shtabda va muassasada o‘tkazilsa — qo‘mondonlik vakilining, zarur hollarda esa, moddiy javobgar shaxsning qatnashishi shart. Binolarni ko‘zdan kechirishda ushbu Kodeksning 160 va 161-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilinishi lozim.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin