O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi


-modda. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish tartibi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə57/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   143
22.09.1994 ЖПК

133-modda. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish tartibi
Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishni surishtiruvchi yoki tergovchi xolislar ishtirokida, sud esa taraflar ishtirokida o‘tkazadi. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishga mutaxassislar va ekspertlar jalb qilinishi mumkin.
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud taraflar va bu tergov harakatining boshqa qatnashchilari ishtirokida tekshiriladigan ko‘rsatuvlarni e’lon qiladi, ko‘rsatuv bergan shaxsdan ularning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini, qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishga ehtiyoj bor yoki yo‘qligini so‘raydi, tekshirishning maqsadi va tartibini tushuntiradi. Basharti guvoh yoki jabrlanuvchining ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan bo‘lsa, ular, o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslarni istisno qilganda, ko‘rsatuv berishdan bosh tortganlik va bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilish haqida ogohlantirilishi lozim.
Bir vaqtning o‘zida bir necha shaxsning ko‘rsatuvlarini hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: ko‘rsatuv bergan shaxs tekshirilayotgan hodisaning sharoit va holatini joyida tiklaydi; ish uchun ahamiyatli bo‘lgan narsalarni, hujjatlarni, izlarni qidirib topadi va ko‘rsatadi; ayrim harakatlarni namoyish qiladi; tekshirilayotgan hodisada u yoki bu narsaning qanday ahamiyati bo‘lganligini ko‘rsatadi; hodisa sodir bo‘lgan joyda sharoitning o‘zgarganligiga e’tiborni qaratadi; o‘zining avvalgi ko‘rsatuvlarini aniqlashtiradi va ularga oydinlik kiritadi. Bu harakatlar vaqtida chetdan aralashishga, gap o‘rgatishga va ishora qiluvchi savollar berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ko‘rsatuvi tekshirilayotgan shaxs erkin so‘zlab bergach va harakatlarni erkin namoyish qilib bo‘lgach, unga savollar berilishi mumkin. Ko‘rsatuvni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishda qatnashayotgan shaxslar surishtiruvchi, tergovchi va sudning e’tiborini, ularning fikricha ish holatlarini aniqlashtirishga yordam beradigan barcha narsalarga qaratishga, ba’zi harakatlarning takrorlanishini talab qilishga haqlidir. Ko‘rsatuvlari hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirilayotgan shaxs va tergov harakatining boshqa ishtirokchilari o‘tkazilayotgan tergov harakati yuzasidan ularni qo‘shimcha ravishda so‘roq qilishni talab etishga haqlidir.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin