O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi


-modda. Yuzlashtirish chog‘ida ilgarigi ko‘rsatuvlarni o‘qib eshittirish



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə54/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   143
22.09.1994 ЖПК

124-modda. Yuzlashtirish chog‘ida ilgarigi ko‘rsatuvlarni o‘qib eshittirish
Yuzlashtirish chog‘ida so‘roq bayonnomasi yoki so‘roq qilinayotgan shaxslar avvalgi so‘roqlarda bergan ko‘rsatuvlarning fonogrammalari shu shaxslar yuzlashtirilib, ularning ko‘rsatuvlari bayonnomaga kiritilganidan keyingina o‘qib berilishi yoki eshittirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
14-bob. TANIB OLISh UChUN KO‘RSATISh
125-modda. Tanib olish uchun ko‘rsatish asoslari
Tanib olish uchun ko‘rsatish guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining biror shaxs yoki narsa to‘g‘risidagi ko‘rsatuvini tekshirib ko‘rish uchun quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
1) bu ko‘rsatuv muayyan bir shaxs yoki muayyan bir narsaga oid ekanligini aniqlash zarur bo‘lganda;
2) surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga ma’lum bo‘lgan ko‘plab shaxs yoki narsalar orasidan ko‘rsatuvda tasvirlab berilgan shaxs yoki narsani topish zarur bo‘lganda.
126-modda. Tanib olish uchun ko‘rsatishdan oldin so‘roq qilish
Tanib oluvchi tanib olish lozim bo‘lgan shaxs yoki narsaning belgilari, alomatlari, xususiyatlari to‘g‘risida oldindan so‘roq qilinishi lozim.
127-modda. Shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatish tartibi
Shaxs tanib olish uchun tergov olib borilayotgan ishga aloqasi bo‘lmagan, tashqi belgilari bilan o‘ziga o‘xshaydigan shaxslar guruhi orasida xolislar huzurida ko‘rsatiladi. Tanib olish uchun ko‘rsatilayotgan shaxslarning umumiy soni uch nafardan kam bo‘lmasligi kerak.
Tanib olinuvchiga tanib olish uchun ko‘rsatiladigan shaxslar guruhi orasida istagan joyni egallash taklif qilinadi.
Tanib olinuvchi kiyimi, soch qirqtirishi yoki tarashi yoxud boshqa belgilari bilan tanib olish uchun ko‘rsatiladigan o‘zga shaxslar orasida yaqqol ajralib turmasligi lozim.
Shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatishning iloji bo‘lmaganda yoxud xavfsizlikni ta’minlash maqsadida uning fotosuratidan foydalanish mumkin.
Tanib olish uchun jadval qog‘ozga yaxshilab yopishtirilib, muhrlangan va raqamlangan, lekin suratga olingan shaxslarning ismi va familiyalari ko‘rsatilmagan kamida uchta fotosurat ko‘rsatiladi.
Tanib oluvchining xavfsizligini ta’minlash maqsadida shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatish surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning qaroriga ko‘ra tanib olinuvchining tanib oluvchini ko‘rib turishi istisno etiladigan sharoitlarda o‘tkazilishi mumkin. Bu holda xolislar tanib oluvchi turgan joyda bo‘ladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin