O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə51/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   143
22.09.1994 ЖПК

1213-modda. Ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish shartlari
Sud ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risidagi iltimosnomani materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay ko‘rib chiqadi va iltimosnomani qanoatlantirish hamda sud majlisini tayinlash yoki iltimosnomani qanoatlantirishni rad qilish to‘g‘risida ajrim chiqaradi va bu haqda taraflarga xabar beradi.
Iltimosnoma qanoatlantirilgan taqdirda, sudya ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlash bo‘yicha sud majlisini uch sutkadan kechiktirmay o‘tkazadi.
Agar sudya ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlashni iltimosnomani va unga ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqish natijasida asossiz deb topsa, iltimosnomani qanoatlantirishni rad etadi.
Sudning ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish haqidagi ajrimi ustidan ushbu ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yetmish ikki soat ichida apellatsiya tartibida xususiy shikoyat yoki xususiy protest berilishi mumkin. Apellatsiya shikoyati, protesti ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud yigirma to‘rt soat ichida ularni materiallar bilan birga apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Apellatsiya instansiyasi sudi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan e’tiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay ko‘rib chiqishi kerak.
Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini, protestini ko‘rib chiqib, o‘z ajrimi bilan:
sudyaning ajrimini o‘zgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
sudyaning ajrimini bekor qilishga va ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yishga haqli.
Apellatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan shikoyat, protest berilishi mumkin emas.
Iltimosnomani qanoatlantirish rad etilganidan keyin sudga takroran murojaat qilishga faqat ko‘rsatuvlarni mustahkamlash to‘g‘risida iltimosnoma berish uchun yangi asoslar mavjud bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin