O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi


-modda. Aybini bo‘yniga olish to‘g‘risidagi arz



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə47/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   143
22.09.1994 ЖПК

113-modda. Aybini bo‘yniga olish to‘g‘risidagi arz
Aybini bo‘yniga olish to‘g‘risidagi arz — ariza beruvchining o‘zi sodir etgan jinoyati to‘g‘risida u shu jinoyatni sodir etishda gumon qilinmasdan va unga ayblov e’lon etilmasdan oldin bergan xabaridir.
Aybini bo‘yniga olish to‘g‘risidagi arz og‘zaki yoki yozma bo‘lishi mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud og‘zaki xabarni bayonnomada aks ettiradi, unga arz qiluvchining shaxsiga doir ma’lumotlar kiritiladi va unda arzning mazmuni birinchi shaxs nomidan bayon qilinadi. Bayonnomaga arz qiluvchi va surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya imzo chekadi.
Aybini bo‘yniga olish to‘g‘risidagi arz surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan ushbu Kodeksning 112-moddasida ko‘rsatilgan qoidalarga muvofiq baholanadi.
12-bob. GUVOH VA JABRLANUVChINI SO‘ROQ QILISh
114-modda. Guvoh va jabrlanuvchini so‘roq qilish tartibi
Guvoh va jabrlanuvchini so‘roq qilish ushbu Kodeksning 96 — 108-moddalarida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga, shuningdek ushbu bobning quyidagi moddalariga rioya qilgan holda olib boriladi.
So‘roqqa o‘z advokati bilan hozir bo‘lgan guvohni yoki jabrlanuvchini so‘roq qilish advokat ishtirokida amalga oshiriladi. So‘roq tugaganidan so‘ng advokat guvohning yoki jabrlanuvchining huquqlari hamda qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risidagi, so‘roq bayonnomasiga kiritilishi lozim bo‘lgan arzlarini bayon etishga haqli.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar uzrli sabablarga ko‘ra sudga kelmagan taqdirda, sudning tashabbusi bilan yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasiga ko‘ra videokonferensaloqa vositasida so‘roq qilinishi mumkin.
115-modda. Guvoh va jabrlanuvchi tariqasida so‘roq qilinishi mumkin bo‘lmagan shaxslar
Guvoh va jabrlanuvchi tariqasida:
1) hukm va ajrim chiqarish jarayonida kelib chiqqan masalalarni maslahatxonada muhokama qilishga oid holatlar to‘g‘risida — sudyani va xalq maslahatchisini;
2) jinoyat ishi yuzasidan o‘z vazifalarini bajarishlari natijasida o‘zlariga ma’lum bo‘lgan holatlar to‘g‘risida — himoyachini, shuningdek jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning, fuqaroviy javobgarning vakilini;
3) ruhiy holati buzilganligi yoki jismoniy nuqsoni sababli ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatni to‘g‘ri idrok etish va bu haqda ko‘rsatuv bera olish layoqatiga ega bo‘lmagan shaxsni so‘roq qilish mumkin emas.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin