O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi


-modda. Gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini birinchi marta so‘roq qilishdan oldingi harakatlar



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə46/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   143
22.09.1994 ЖПК

111-modda. Gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini birinchi marta so‘roq qilishdan oldingi harakatlar
Gumon qilinuvchini, shuningdek ayblanuvchini birinchi marta so‘roq qilishdan bevosita oldin surishtiruvchi, tergovchi ushbu Kodeksning 98 — 100-moddalarida nazarda tutilgan harakatlarni bajarishi shart.
Shundan so‘ng surishtiruvchi, tergovchi:
1) gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga uning ushbu Kodeksning 46 va 48-moddalarida nazarda tutilgan protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi;
2) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi shartnoma tuzgan himoyachining yoxud, agar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi shartnoma tuzishga ulgurmagan yoki tuza olmagan bo‘lsa, boshqa himoyachining so‘roqda ishtirok etishini ta’minlaydi;
3) gumon qilinuvchiga uning qanday jinoyat sodir etishda gumon qilinayotganligini e’lon qiladi;
4) gumon qilinuvchiga ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinganligi to‘g‘risidagi qarorni taqdim qiladi va ayblovning mohiyatini tushuntiradi.
Surishtiruvchi, tergovchi ayblanuvchini birinchi marta so‘roq qilishdan oldin u o‘zini aybli hisoblashi-hisoblamasligini yoki o‘z aybini to‘la yoxud qisman rad etishi yoki etmasligini aniqlashi shart.
Surishtiruvchi, tergovchi ushbu moddada sanab o‘tilgan harakatlarning bajarilishini gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining so‘roq bayonnomasida, sud esa sud majlisi bayonnomasida qayd qiladi.
112-modda. Gumon qilinuvchi va ayblanuvchining ko‘rsatuvlarini baholash
Gumon qilinuvchining u sodir etgan jinoyat haqidagi ko‘rsatuvlari va ayblanuvchining o‘z aybiga iqror bo‘lishi, bu iqror bo‘lish mavjud dalillar majmui bilan tasdiqlangan taqdirdagina, uni ayblash uchun asos qilib olinishi mumkin.
Gumon qilinuvchi va ayblanuvchining bergan ko‘rsatuvlari bilan aniqlangan holatlar, ayblanuvchi o‘z aybiga iqror bo‘lgan taqdirda ham, o‘zining aybdor ekanligini inkor qilgan taqdirda ham ishning hamma holatlari bilan bog‘langan holda boshqa dalillar kabi tekshirib chiqilishi va baholanishi lozim.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin