O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə50/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   143
22.09.1994 ЖПК

121-bob. KO‘RSATUVLARNI OLDINDAN MUSTAHKAMLAB QO‘YISh
1211-modda. Ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish
Ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish guvoh va jabrlanuvchini (fuqaroviy da’vogarni) ishni sudga qadar yuritish bosqichida prokurorning iltimosiga binoan so‘roq qilishdan iborat bo‘lib, u ushbu Kodeksda nazarda tutilgan sud muhokamasi qoidalariga ko‘ra sud tomonidan amalga oshiriladi.
1212-modda. Ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish uchun asoslar
Guvohni, jabrlanuvchini (fuqaroviy da’vogarni) obyektiv sabablarga ko‘ra (O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketishi, ularda jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishni istisno qiladigan og‘ir va davomli kasallik mavjudligi) ishni sudga qadar yuritish yoki sud muhokamasi chog‘ida keyinchalik so‘roq qilish mumkin bo‘lmay qoladi deb taxmin qilish uchun asoslar mavjud bo‘lgan hollarda, ularning ko‘rsatuvlari oldindan mustahkamlab qo‘yilishi mumkin.
Ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish zarur bo‘lganda surishtiruvchi, tergovchi ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida qaror chiqaradi va uni zarur materiallar bilan birga prokurorga yuboradi.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar), guvoh va himoyachi ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risida prokurorga murojaat qiladi.
Prokuror ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorning yoxud murojaatning asosliligini tekshirib, unga rozi bo‘lgan taqdirda, ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorni yoki murojaatni surishtiruv, dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudiga yoki hududiy harbiy sudga yuboradi.
Iltimosnomaga ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish zarurligini tasdiqlovchi jinoyat ishi materiallarining ko‘chirma nusxalari ilova qilinadi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin