O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi


-modda. Komissiyaviy ekspertiza



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə77/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   143
22.09.1994 ЖПК

177-modda. Komissiyaviy ekspertiza
Komissiyaviy ekspertiza o‘tkazilayotganda ekspertlarning har biri ekspert tekshiruvlarini to‘liq hajmda o‘tkazadi va ular olingan natijalarni birgalikda tahlil qiladi.
Ekspertlar umumiy fikrga kelganidan so‘ng birgalikdagi xulosani yoki xulosa berishning iloji yo‘qligi to‘g‘risidagi hujjatni tuzadi va imzolaydi.
Ekspertlar o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar bo‘yicha alohida xulosa beradi.
178-modda. Kompleks ekspertiza
Kompleks ekspertiza ish uchun ahamiyatga molik holatlarni turli ilm sohalaridan foydalangan holda bir necha ekspert tekshiruvini o‘tkazish yo‘li bilangina aniqlash mumkin bo‘lgan hollarda tayinlanadi.
Kompleks ekspertizani o‘tkazishda ekspertlarning har biri o‘z vakolati doirasida ekspert tekshiruvlarini olib boradi. Kompleks ekspertizaning xulosasida ekspertlarning har biri qaysi ekspert tekshiruvlarini va qancha hajmda olib borganligi, qaysi holatlarni shaxsan o‘zi aniqlaganligi hamda qanday fikrlarga kelganligi ko‘rsatiladi. Ekspertlarning har biri xulosaning ushbu ekspert tekshiruvlari bayon etilgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgar bo‘ladi.
Umumiy fikrni (fikrlarni), olingan natijalarni baholashga va ushbu fikrni (fikrlarni) shakllantirishga vakolatli bo‘lgan ekspertlar qiladi. Agar ekspertlar komissiyasi yakuniy fikrining yoki uning bir qismining asosi sifatida ekspertlardan birining (alohida ekspertlarning) aniqlagan holatlari olingan bo‘lsa, bu haqda xulosada ko‘rsatilishi kerak.
Ekspertlar o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar bo‘yicha alohida xulosa beradi.
Agar kompleks ekspertizani o‘tkazish davlat sud-ekspertiza muassasasiga topshirilgan bo‘lsa, unda ushbu ekspertizani tashkil qilish uning rahbari zimmasiga yuklatiladi.
179-modda. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining ekspertiza tayinlash va o‘tkazishdagi huquqlari
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi ekspertiza tayinlash va o‘tkazishda:
1) ekspertiza o‘tkazilgunga qadar ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim bilan tanishib chiqish va o‘ziga berilgan huquqlar tushuntirilishini talab qilish. Bu haqda bayonnoma tuziladi yoki sud majlisi bayonnomasiga yozib qo‘yiladi;
2) ekspertni rad etish;
3) o‘zi ko‘rsatgan shaxslar orasidan ekspert tayinlanishini iltimos qilish;
4) ekspert xulosa berishi uchun uning oldiga qo‘shimcha savollar qo‘yish, qo‘shimcha materiallar taqdim etish;
5) ekspertiza o‘tkazilayotganda surishtiruvchi, tergovchi, sudning ruxsati bilan hozir bo‘lish, ekspertdan tekshiruv vaqtida qo‘llayotgan usullarining va olingan natijalarning mohiyatini tushuntirib berishni talab qilish, ekspertga tushuntirishlar berish;
6) ekspert xulosasi bilan tanishib chiqish va qo‘shimcha yoki qayta ekspertiza o‘tkazish to‘g‘risida iltimos qilish huquqiga ega.
Sanab o‘tilgan huquqlardan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanayotgan shaxs ham, agar bunga uning ruhiy holati imkon bersa, foydalanadi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin