O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə85/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   143
22.09.1994 ЖПК

1878-modda. Taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma
Taftish o‘tkazuvchi shaxslar o‘tkazilgan taftish natijalariga ko‘ra dalolatnoma tuzadi.
Taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada quyidagilar ko‘rsatiladi:
1) taftish o‘tkazilgan joy, dalolatnoma tuzilgan sana;
2) taftish o‘tkazish uchun asoslar;
3) taftish o‘tkazilgan muddat;
4) taftish o‘tkazgan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
5) yuridik shaxsning to‘liq nomi, tekshirilayotgan davrda uning rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirgan mansabdor shaxslarining familiyasi, ismi, otasining ismi (yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi);
6) tekshirilayotgan subyektning joylashgan eri (pochta manzili), bank rekvizitlari, shuningdek uning soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;
7) tekshirilayotgan subyekt moliya-xo‘jalik faoliyatining ilgarigi tekshiruvlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
8) tekshirilayotgan davr hamda taftish o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar, axborot va materiallar to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar;
9) qonunchilikning aniqlangan buzilishlarining (ular mavjud bo‘lgan taqdirda) batafsil tavsifi qonunchilikning buzilgan normalariga havola qilingan holda;
10) o‘tkazilgan taftish natijalariga doir, shu jumladan qonunchilikning buzilishlari mavjud emasligi to‘g‘risidagi xulosalar.
Taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma kamida uch nusxada tuziladi.
Taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning barcha nusxalari taftish o‘tkazuvchi shaxslar tomonidan imzolanadi. Taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning bir nusxasi tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsiga yoki vakiliga topshiriladi, u dalolatnomaning barcha nusxalariga olganligi to‘g‘risida olish sanasini ko‘rsatgan holda imzo qo‘yishi shart. Taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning qolgan nusxalari taftish materiallariga qo‘shib qo‘yiladi.
Tekshirilayotgan subyekt mansabdor shaxsining yoki vakilining taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomadagi imzosi uning taftish natijalaridan rozi ekanligini bildirmaydi.
Taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaga taftishni tayinlash to‘g‘risidagi qarorning yoki ajrimning va vakolatli organning taftish o‘tkazish haqidagi buyrug‘ining ko‘chirma nusxalari, taftish doirasida sodir etilgan harakatlar to‘g‘risidagi bayonnomalar, inventarizatsiya dalolatnomalari, taftish o‘tkazish chog‘ida olingan materiallar, shuningdek taftish doirasida sodir etilgan harakatlarni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar qo‘shib qo‘yilishi kerak.
Taftish tugallangan kundan e’tiboran keyingi ish kunidan kechiktirmay taftish materiallari taftish o‘tkazish vakolatiga ega bo‘lgan organda qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi va taftishni tayinlagan surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga taqdim etilishi kerak.
Taftish o‘tkazgan organ taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning tasdiqlangan ko‘chirma nusxasini qonuniy choralar ko‘rilishi uchun tegishli vakolatli organga ham yuboradi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin