O’zbekiston respublikasining qonuni 1997 yil 29 avgust 463-i-son Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida


Oliy o’quv yurtidan keyingi ta'lim



Yüklə 352,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/21
tarix12.04.2023
ölçüsü352,16 Kb.
#96713
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
usbekistan-nationales-ausbildungsprogramm-seit1997-uz

 
Oliy o’quv yurtidan keyingi ta'lim 
Oliy o’quv yurtidan keyingi ta'lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo’lgan 
ehtiyojlarini qondirishga, shaxsning ijodiy ta'lim-kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilgan.Oliy 
o’quv yurtidan keyingi ta'limni oliy o’quv yurtlarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarida (aspirantura, 
ad'yunktura, doktorantura
mustaqil tadqiqotchilik) olish mumkin. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta'lim 
bosqichlari (aspirantura, doktorantura) dissertasiya himoyasi bilan yakunlanadi.Yakuniy davlat 
attestatsiya natijalariga ko’ra tegishli ravishda fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi berilib, davlat 
tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar topshiriladi.
Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish tadbirlari quyidagilarni o'z ichiga 
oladi: 

"Ta'lim to'g'risida"gi qonunga hamda mamlakatni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga 
muvofiqoliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va attestasiyadan o'tkazish 
tizimini takomillashtirish; 

kasb 
ta'limi 
tizimi 
uchun 
oliy 
malakali 
ilmiy-pedagog 
kadrlarni 
hamda 
ilg'or 
pedagogik texnologiyalar sohasida ilmiy kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash; 

rivojlangan mamlakatlarning ilg'or ta'lim muassasalari va ilmiy markazlarida ustuvor yo'nalishlar 
bo'yicha oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlanishi uchun sharoitlar yaratib berish

fan, texnologiya va ta'lim sohasida rivojlangan mamlakatlar bilan xalqaro hamkorlikni 
chuqurlashtirish
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash mutaxassislarning kasb bilimlari va ko'nikmalarini 
yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratilgan. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash 
ta'lim muassasalaridagi o'qish natijalariga ko'ra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma 
yoki sertifikat topshiriladi. 
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini tashkil etish va rivojlantirish uchun 
quyidagilar zarur: 

kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi faoliyatida yangicha tarkib, mazmun 
hamda bu tizimni boshqarishni shakllantirish;

yuqori malakali o'qituvchi-mutaxassis kadrlar tayyorlash va sohani ular bilan to'ldirib borishni 
ta'minlash;



kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining bu sohada raqobatga asoslangan 
muhitni shakllantirishni va samarali faoliyat olib borishni ta'minlovchi normativ bazasini 
yaratish; 

kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta'lim muassasalarini davlat attestatsiyasi 
va akkreditatsiyasidan o'tkazish tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish
iqtisodiyotning davlat va nodavlat sektorlari, mulkchilikning turli shaklidagi tashkilot va 
muassasalarning talab-ehtiyojlariga muvofiq kadrlar va mutaxassislarni ildam qayta tayyorlash va 
ularning malakasini oshirishni ta'minlovchi davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini tashkil etish 
va rivojlantirishga ko'maklashish;

professional treningning ilg'or texnologiya va uskunalarini, shuningdek murakkab, fan yutuqlarini 
talab qiluvchi texnologiya jarayonlari imitatorlarini ishlab chiqish, yaratish va amaliy o'zlashtirib 
olish. 

Yüklə 352,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin