O’zbekiston respublikasining qonuni 1997 yil 29 avgust 463-i-son Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida


 MUAMMOLAR VA KADRLAR TAYYORLASh TIZIMINI TUBDAN ISLOX QILISH OMILLARI



Yüklə 352,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/21
tarix12.04.2023
ölçüsü352,16 Kb.
#96713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
usbekistan-nationales-ausbildungsprogramm-seit1997-uz

1. MUAMMOLAR VA KADRLAR TAYYORLASh TIZIMINI TUBDAN ISLOX QILISH OMILLARI
1.1.
 
Rivojlanishning erishilgan darajasi
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o’ziga xos yo’lini 
tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo’ydi va qator chora-
tadbi
rlar ko’rishni: "Ta'lim to’g'risida"gi qonunni joriy etishni (1992 yil); yangi o’quv rejalari, dasturlari, 
darsliklarini joriy etishni, zamonaviy didaktik ta'minotni ishlab chiqishni; o’quv yurtlarini attestatsiyadan 
o’tkazishni va akkreditatsiyalashni, yangi tipdagi ta'lim muassasalarini tashkil etishni taqozo etdi. 
Maktabgacha ta'lim sohasida uylarda tashkil etiladigan bolalar bog'chalari hamda "bolalar bog'chasi-


maktab" majmui tarmog'i rivojlanib bormoqda. Bolalarga chet tillarni, xoreografiya, tasviriy va musiqa 
san'ati, kompyuter savodxonligi asoslarini o’rgatuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etilgan. Yangi tipdagi 
maktablar va umumta'lim o’quv yurtlari tarmog'i rivojlanib bormoqda. hozirgi kunda 238 litsey va 136 
gimnaziya ishlab turibdi. "Sog'lom avlod uchun", "Ma'naviyat va ma'rifat", "Iqtisodiy ta'lim", "Qishloq 
maktabi", "Rivojlanishda nuqsoni bo’lgan bolalarni tiklash" va boshqa tarmoq dasturlari ro’yobga 
chiqarilmoqda.
Respublika umumta'lim maktablarida 435 mingdan ortiq o’qituvchi ishlamoqda, ularning 73 foizi oliy 
ma'lumotlidir. Mehnat bozorini, eng avvalo qishloq joylarda mehnat bozorini shakllantirishning hududiy 
xususiyatlarini hisobga olgan holda hunar-texnika ta'limini qayta tashkil etishga kirishildi. hozirgi kunda bu 
tizimda jami 221 mi
ng kishini ta'lim bilan qamrab olgan 442 o’quv yurti, shu jumladan, 209 kasb-hunar 
maktabi, 180 kasb-hunar litseyi va 53 biznes-maktab ishlab turibdi. Bugungi kunda boshlang'ich kasb-
hunar ta'limi o’quv yurtlarida qariyb 20 ming o’qituvchi va malakali mutaxassislar ishlamoqda. 
Respublikada jami 197 ming kishi ta'lim olayotgan 258 o’rta kasb-hunar ta'limi o’quv yurti ishlab turibdi. 
Ularda qariyb 16 ming o’qituvchi va muhandis-pedagog xodimlar mehnat qilmoqda. O’ZBEKISTON oliy 
maktabi tizimi 58 oliy o’quv yurtini, shu jumladan 16 universitet va 42 institutni o’z ichiga oladi, ularda 164 
ming talaba ta'lim olmoqda; 16 universitetning o’n ikkitasi O’zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki ikki 
yilda tashkil topdi. 
Oliy o’quv yurtlarida ishlayotgan 18,5 ming o’qituvchining 52 foizi fan doktori va fan nomzodlaridir. Oliy 
ta'limda kadrlar tayyorlashni markazlashtirishdan huquqiy yo’nalishga o’tkazish ishi olib borilmoqda, o’quv 
yurtlarining tarmog'i kengaymoqda, universitet ta'limi rivojlanmoqda. Bilimlarning ya
ngi tarmoqlari bo’yicha 
kadrlar tayyorlash boshlab yuborildi, oliy maktabni ko’p bosqichli tizimga o’tkazish amalga oshirilmoqda. 
Abiturientlar va talabalarning bilim darajasini test va reyting asosida baholashning ilg'or usullari joriy 
etilmoqda. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar sifatiga oshgan talablarga muvofiq aspirantura va 
doktoranturada kadrlar tayyorlash ishi kengaymoqda. Oliy attestatsiya komissiyasi tashkil etildi.
Respublikada qariyb 4 ming aspirant bo’lib, ulardan 69 foizi oliy ta'lim tizimida va 31 foizi ilmiy-tadqiqot 
institutlarida ta'lim olmoqda. Jami ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning 8 foizini fan doktorlari va 37 foizini 
fan nomzodlari tashkil etadi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida 23 institut, 16 
fakultet, 4 markaz va 14 malaka oshirish kurslari ishlab turibdi. Iqtidorli bolalar va o’quvchi yoshlarni 
qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat siyosati sobitqadamlik bilan olib borilmoqda. Iste'dodli o’smir va qizlarni 
izlab topish, ularga ko’maklashish, ularning qobiliyati va iste'dodini o’stirish bo’yicha maxsus fondlar 
tashkil etildi, qobiliyatli yoshlarni chet ellardagi yetakchi o’quv yurtlari va ilmiy markazlarda o’qitish va 
stajirovkadan o’tkazish yo’lga qo’yildi. Fan va ta'lim sohasida xalqaro aloqalar kengayib bormoqda. 
Shunga qaramay, sodir etilgan o’zgaririshlar kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish talablariga muvofiq bo’lishini ta'minlay olmadi.

Yüklə 352,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin