O’zbekiston respublikasining qonuni 1997 yil 29 avgust 463-i-son Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida



Yüklə 352,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/21
tarix12.04.2023
ölçüsü352,16 Kb.
#96713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
usbekistan-nationales-ausbildungsprogramm-seit1997-uz

1.2.
 
 Kamchiliklar va muammolar 
Kadrlar tayyorlash tiz
imining demokratik o’zgarishlar va bozor islohotlari talablariga muvofiq emasligi, 
o’quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi yetarli emasligi, yuqori malakali pedagog kadrlarning 
yetishmasligi, sifatli o’quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallarning kamligi, ta'lim tizimi, 
fan va ishlab chiqarish o’rtasida puxta o’zaro hamkorlik va o’zaro foydali integratsiyaning yo’qligi kadrlar 
tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi. Ta'lim-
tarbiya va o’quv jarayonlarining 
tarkibini, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bog'lash, ya'ni uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini tashkil qilish 
muammolari hal qilingan emas. Amaldagi ta'lim tizimi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar 
talablariga javob bera olmayotir. 
Mutaxassislar tayyorlash, ta'lim-
tarbiya tizimi jamiyatda bo’layotgan islohot, yangilanish jarayonlari 
talablari bilan bog'lanmagan. Maktabgacha ta'lim va tarbiya ahvoli qoniqarsizligicha qolmoqda. Bog'cha 
yoshidagi bolalarning 25 foizigina maktabgacha tarbiya muassasalariga qamrab olingan, xolos. 
Maktabgacha bolalar muassasalaridan va oiladan maktabga kelgan bolalarning tayyorgarlik darajasi 
o’rtasida sezilarli tafovut mavjud. Maktablarda va boshqa o’quv yurtlarida ta'lim jarayonining o’zidagi va 
o’qitish uslubiyatidagi har xil kamchiliklar oqibatida bilim berishda yuzaga kelgan nodemokratik hamda 
jamiyat uchun zararli muhit shunga olib keldiki o’quvchilarda mustaqil fikrlash rivojlanmay qolayapti, 
oqilona hayotiy yechimlar qabul qilish uchun yetarli tayyorgarl
ik yo’q. 9-11 sinflarni tamomlagan yoshlar 
mustaqil hayotda o’z o’rnini aniqlay olmaydi. Ularda o’zlariga ishonch shakllangan emas. O’rta maktab 
bitiruvchilarining 10 foizigina oliy o’quv yurtlariga o’qishga kirmoqda, xolos.


Majburiy to’qqiz yillik ta'limga asoslangan o’n bir yillik umumiy o’rta ta'lim ilmiy asoslanmagandir, u 
o’quvchilarda kasbga yo’naltirish va ta'limning amaliy yo’nalganligi yetarli darajada bo’lishi hamda 
mustaqil fikr yuritish, mehnat faoliyati ko’nikmalari shakllanishini ta'minlamayapti. Har yili tayanch 
maktablarning 100 ming nafarga yaqin bitiruvchisi ishlab chiqarish sohasida hamda kasb-hunar ta'limini 
davom ettirish uchun talab etilmay qoldirilmoqda. Ta'lim tizimidagi mavjud umumta'lim va kasb-hunar 
dasturlari o’rtasida uzviylik va vorislikning yo’qligi sababli tayanch va o’rta maktab bitiruvchilarida kasbga 
yo’naltirilganlik va mehnat faoliyati ko’nikmalari shakllanmay qolayapti. Natijada yigit va qizlar o’z 
qobiliyatlari, istaklari, ijodiy va mehnat moyilliklariga monand hayot yo
’lini belgilab olishda jiddiy 
qiyinchiliklar sezmoqdalar. o’quv jarayoni bilim darajasi o’rtacha bo’lgan o’quvchilarga mo’ljallangan bo’lib, 
ta'limning iqtidorli yoshlar bilan yakka tartibdagi o’quv dasturlari bo’yicha ishlash kabi mexanizmlaridan 
yaxshi f
oydalanilmayapti. O’quv dasturlari mafkuraviy sarqitlardan to’liq xoli bo’lganicha yo’q, ularda 
ma'naviyat va ahloq asoslarini o’rgatuvchi, huquqiy, estetik bilimlarni beruvchi fanlarga yetarlicha o’rin 
berilmayapti. Hunar-texnika bilim yurtlaridan yangi t
ipdagi ta'lim muassasalariga o’tish ko’proq og'izda 
bo’lib, amalda esa ularda ta'lim eskirib qolgan moddiy-texnika va o’quv-uslubiy bazasida, tegishli qayta 
tayyorgarlikdan o’tmagan o’qituvchi kadrlar bilan amalga oshirilmoqda.
Bir bosqichli oliy ta'lim 
mehnat bozori ehtiyojlarini, ishlab chiqarishdagi tarkibiy o’zgarishlarni va ilg'or 
xalqaro tajribani to’liq hajmda hisobga olmayotir. o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda o’quv yurtlari 
yetarlicha mustaqillikka ega emas, ular kasbiy mehnat bozorining 
o’zgaruvchan sharoitlariga yaxshi 
moslashib bormayapti. Ilmiy muassasalar, ishlab chiqarish va ijtimoiy institutlar kadrlarni tayyorlash 
jarayoniga yetarli darajada qo’shilganlari yo’q. Davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, 
ta'lim mua
ssasalarini davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasidan o’tkazish vazifalari belgilab olinmagan. 
O’quvchilarning bilim darajasini baholash tizimi ob'ektivlik va tezkorlikni ta'minlamaydi. Kasb-hunar 
ta'limining obro’si hamda o’qituvchilar, tarbiyachilar va murabbiylarning, ilmiy va ilmiy-pedagog 
kadrlarning ijtimoiy maqomi pasayib bormoqda. Ta'lim xizmati ko’rsatish va kadrlar tayyorlash sohasida 
marketing mavjud emas, ta'lim tizimini ko’p variantli moliyalash sxemasi ishlab chiqilmagan. Oliy malakali 
kadrlardan samarali foydalanilmayapti. Kadrlar bilimi va ular tayyorgarligining sifatini nazorat qilish hamda 
baholash tizimi qoniqarsiz ishlamoqda. O’qituvchilar, pedagoglar va tarbiyachilarning kattagina qismi 
yaxshi tayyorgarlik ko’rmaganligi, ularning bilim va kasb saviyasi pastligi jiddiy muammo bo’lib qolmoqda, 
malakali pedagog kadrlar etishmasligi sezilmoqda. Maktabgacha ta'lim sohasidagi jami tarbiyachi va 
pedagoglarning atigi 20 foizi oliy ma'lumotlidir
Maktablarning o’qituvchilar bilan ta'minlanganligi o’rtacha 93 foizni tashkil etgani holda, bu ko’rsatkich 
ayrim viloyatlarda 77-
80 foizdan, muayyan fanlar bo’yicha esa 50 foizdan oshmaydi. Ilmiy va ilmiy-
pedagog kadrlarning o’rtacha yoshi "ulg'ayib" bormoqda. Respublika oliy o’quv yurtlarida 40 yoshga 
to’lmagan fan doktorlari jami fan doktorlarining 0,9 foizini, 50 va undan katta yoshdagilari esa 79 foizini 
tashkil etadi. Fan doktorlari ilmiy darajasiga tasdiqlanganlar o’rtacha 50, fan nomzodlari esa 36 
yoshdadir.

Yüklə 352,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin