3.1.Shaxs
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma'naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalash
bilan uzviy bog'liqbo'lgan uzluksiz ta'lim tizimi orqali har tomonlama
barkamol shaxs fuqaroni
shakllantirishni nazarda tutadi. Shu tarzda fuqaroning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bilim
olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi bo'yicha mehnat qilish huquqi
ro'yobga chiqariladi.
"Ta'lim to'g'risida"gi qonun umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi standartlari orqali sifatli ta'lim
olish, shuningdek ta'lim va kasb-hunar jihatdan tayyorgarlikning shakllari va turlarini tanlashni,
uzluksiz
malaka oshirib borish, zarurat taqozo etsa, tegishli qayta tayyorgarlikdan o'tish
huquqini va keng
imkoniyatlarini nazarda tutadi.
Ta'lim xizmatlarining iste'molchisi sifatida shaxsga davlat ta'lim olish va kasb-hunar tayyorgarligi ko'rish
kafolatlanadi.Ta'lim olish jarayonida shaxs davlat ta'lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi
shart.
Shaxs ta'lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini olgach, ta'lim,
moddiy ishlab
chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko'rsatish sohasida faoliyat ko'rsatadi va o'z bilimi va tajribasini
o'rgatishda ishtirok etadi.
Dostları ilə paylaş: