5. MILLIY DASTURNI RO'YOBGA ChIQARISHGA DOIR TASHKILIY CHORA-TADBIRLAR
Milliy dasturni amalga oshirish maqsadida:
Milliy dasturning yo'nalish va bosqichlarini amalga oshirishning aniq mexanizmlari, muddatlari,
ijrochilari, moliyaviy va resurslar ta'minoti ifodalangan yechim va chora-tadbirlar tizimi
ishlab chiqiladi;
Milliy dasturni bajarish yuzasidan davlat va jamoat institutlarining faoliyati hamda vazifalari
belgilanadi;
Milliy dasturning aniq yo'nalishlarini ishlab chiqish jarayoniga malakali chet el ekspertlari jalb
etiladi;
Milliy dasturni bajarishda davlat va nodavlat tashkilotlar faoliyati muvofiqlashtirilib, xalqaro
tashkilotlar
qatnashuvi tashkil etiladi;
Milliy dasturning monitoringi va bajarilishini ekspertiza qilish asosida uning ayrim qoidalari va
tadbirlariga tuzatishlar kiritiladi;
ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda, kadrlar tayyorlash milliy modeli
ro'yobga chiqarilishini ta'minlash masalalari yuzasidan seminarlar va konferensiyalar o'tkazish
orqali Milliy dasturning prinsipial yondashuvlari hamda asosiy qoidalarini keng ko'lamda
tushuntirish ishlari olib boriladi;
Milliy dasturning maqsad va vazifalarini amalga oshirish jarayoniga
jamoat birlashmalari va
markazlari, respublika aholisi keng tabaqalarining faol ishtiroki ta'minlanadi;
ommaviy axborot vositalarida Milliy dasturning bajarilishi muntazam yoritib boriladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish yuzasidan Respublika komissiyasi tashkil etiladi, bu
Komissiyaning zimmasiga dasturni bajarishga doir barcha ishlar va tadbirlarni tashkil etish hamda
muvofiqlashtirish, shu jumladan quyidagi vazifalar yuklanadi:
uzluksiz ta'limning tegishli turlari uchun davlat ta'lim standartlariga qo'yiladigan umumiy talablarni
ishlab chiqish;
umumiy o'rta ta'lim uchun davlat ta'lim standartlarini va boshqa zarur normativ hujjatlarni ishlab
chiqish;
o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimi uchun davlat ta'lim standartlarini, akademik litsey va kasb-
hunar kollejlaridan iborat ta'lim tizimini joriy etish
dasturlarini ishlab chiqish;
o'rta umumiy ta'limga ega bo'lgan o'quvchilarni akademik litsey va kasb-hunar kollejlari tizimi bilan
to'la qamrab olish tadbirlarini, bu tizimni hududlarning demografik, jo'g'rofik xususiyatlari va
kadrlarga bo'lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda joylashtirish, uning
moddiy-texnika asosini
yaratish;
akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ishlaydigan o'qituvchilar va pedagog kadrlarni qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun ta'lim muassasalarini tashkil etish hamda
ularning samarali ishlashini ta'minlash;
oliy ta'lim muassasalari tizimini Milliy dastur talablariga binoan isloh qilish, bu borada tegishli
davlat ta'lim standartlarini yaratish va
joriy etish;
maktabgacha ta'lim va tarbiya muassasalari faoliyatini takomillashtirish, bolalar tarbiyasida va
ularni maktabga tayyorlashda oila, mahalla hamda jamoat tashkilotlarining mas'uliyatini oshirish;
ta'lim muassasalarini zarur darsliklar va adabiyotlar bilan ta'minlash, bu ishga yirik olimlar, yuqori
malakali mutaxassislarni jalb etish, ta'lim va ilm-fan sohasining nashriyot bazasini rivojlantirish;
professor va pedagog kadrlarni rivojlangan mamlakatlardagi yetakchi ta'lim muassasalarida
tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida maxsus Respublika jamg'armasi
tashkil etish va
uning faoliyatini ta'minlash;
uzluksiz ta'lim tizimida chet tillarni faol o'rgatish uchun zarur sharoit yaratish, ularni
o'rgatishning jadallashtirilgan uslublarini joriy etish, o'zbekcha-chet tillar lug'atlarini, davlat
tilidagi maxsus adabiyotlarni nashr etish;
uzluksiz ta'lim sohasi o'qituvchilari va pedagog kadrlarini ijtimoiy himoya qilish va qo'llab-
quvvatlash, ularning mehnatiga haq to'lash va rag'batlantirish tizimini qayta ko'rib
chiqish
bo'yicha takliflar ishlab chiqish;
ta'lim muassasalarini attestasiyadan o'tkazish va akkreditasiyalash, kadrlar tayyorlashning
malaka talablarini aniqlash hamda sifatini baholash ishlarini tashkil qilish va muvofiqlashtirish
bo'yicha ta'lim tizimi boshqaruviga bog'liqbo'lmagan yagona
davlat xizmatini tashkil etish;
ta'limni axborot bilan ta'minlash tizimini shakllantirish va rivojlantirish,juni jahon axborot tizimi
bilan bog'lash, ommaviy axborot vositalarining ta'lim sohasidagi vazifalarini belgilash;
kasb-hunar ta'limi sohasida kadrlarga bo'lgan talab va taklifni o'rganishni tashkil etish, ta'lim
xizmati ko'rsatish va kasbiy mehnatning raqobatga asoslangan
bozorini hamda kadrlar
tayyorlash sohasida marketingni shakllantirish.