3.5.Kadrlar tayyorlash tizimida ishlab chiqarish Ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlari kadrlar tayyorlash tizimining yo'nalishi, darajasi va miqyoslarini
shakllantiradi, kasb tayyorgarligining maqsadi, vazifalari va mazmunini belgilaydi, malaka talablarini ilgari
suradi, ta'limning muvoziy texnologiyalari va shakllarini tanlashni taqozo etadi. Ishlab chiqarish pirovard
natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi.
Ishlab chiqarishning kadrlar tayyorlash tizimidagi vazifalari quyidagilar bilan belgilanadi, chunonchi u:
turli
saviya
va
malakadagi
mutaxassislarga
bo'lgan
talab-ehtiyojni
shakllantiradi;
o'z ixtiyoridagi moddiy-texnika, moliya, kadr resurslari hamda kadrlarni o'qitish, malakasini
oshirish va qayta tayyorlash uchun zarur boshqa resurslarni berish bilan uzluksiz ta'lim tizimiga
ko'maklashadi;
muassis, vasiy, donor, homiy tariqasida ayrim mutaxassislarni va guruhlarni maqsadli
tayyorlashni, shuningdek turli tip va darajadagi o'quv yurtlarini moliyalashda qatnashadi;
ta'lim va ilm-fanning turli shakllardagi integrasiyasini (muvaqqat ijodiy jamoalar, o'quv-ilmiy-ishlab
chiqarish majmualari, markazlari, texnoparklar, texnopolislar) rivojlantiradi.
Ishlab chiqarishning kadrlar tayyorlash tizimidagi mavqeini kuchaytirish quyidagi yo'llar bilan
ta'minlanadi:
ta'limni karxonadagi unumli mehnat bilan, shu jumladan ishlab chiqarish amaliyoti jarayonidagi
mehnat
bilan
qo'shib
olib
borish
asosida
yuqori
malakali
kadrlar
tayyorlash;
kadrlar tayyorlash hamda birgalikda ilmiy-texnologiya ishlanmalarini olib borishda korxonalarning
ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish;
ta'lim oluvchilarni mehnat jamoalarida tarbiyalash (mehnat, ma'naviy va jismoniy tarbiyalash);
ishlab-chiqarishning talab-ehtiyojlarini inobatga olib, texnika va texnologiyalarni rivojlantirishning
yangi yo'nalishlari bo'yicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
ishlab chiqarishning iqtisodiy va texnologiya muammolarini hal etish uchun oliy ta'lim
muassasalari va ilmiy tashkilotlarning ilmiy salohiyatini jalb etish;
pedagog kadrlarning ilg'or texnologiyalar sohasidagi malakasini bevosita ishlab chiqarishda
muntazam oshirib borish;
ishlab chiqarishning yuqori malakali kadrlarini ta'lim jarayoniga va pedagogik faoliyatga jalb etish;
ishlab chiqarish amaliyotini o'tish uchun ta'lim oluvchilarni ish joylari bilan ta'minlash;
o'zaro integrasiyalangan ta'lim muassasalarini zamonaviy uskunalar, apparatlar va asboblar
bilan jihozlash.