O’zbekiston respublikasining qonuni 1997 yil 29 avgust 463-i-son Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida


Iqtidorli bolalar va iste'dodli yoshlar



Yüklə 352,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/21
tarix12.04.2023
ölçüsü352,16 Kb.
#96713
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
usbekistan-nationales-ausbildungsprogramm-seit1997-uz

4.5. Iqtidorli bolalar va iste'dodli yoshlar 
Iqtidorli bolalar va iste'dodli yoshlarni aniqlash va o'qitish uslubiyati, psixologik-pedagogik va tashkiliy 
sharoitlari yaratiladi, bunday bolalar va yoshlarga oid ma'lumotlarning respublika banki va monitoringi 
shakllanadi. Maxsus o'quv dasturlari va progressiv pedagogik texnologiyalar ishlab chiqish uchun eng 
yaxshi pedagog va olimlar jalb qilinadi, o'quv-tarbiya jarayonida ularning faol ishtiroki ta'minlanadi. Fan 
va texnikani, siyosat va iqtisodiyotni, madaniyat va san'atni o'rgatish markazlari qabilidagi hamda milliy 


(elita) ta'lim muassasalari tashkil etiladi. 
Iqtidorli bolalar va iste'dodli yoshlarni chet ellarda umumiy va kasbiy jihatdan tayyorgarlikdan 
o'tkazishga qaratilgan sobit-qadam faoliyat amalga oshiriladi. Akademik litseylarning o'quvchilariga, 
birinchi navbatda iqtidorli, yuksak iste'dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq 
yo'nalishlari bo'yicha o'z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o'zlaridagi noyob iste'dodni 
ro'yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. 
4.6. Ta'lim tizimini boshqarish 
Uzluksiz ta'lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini tarkibiy jihatdan 
o'zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yo'li bilan boshqarib boriladi. Barcha darajadagi ta'lim 
boshqaruv organlarining vakolat doiralari "Ta'lim to'g'risida"gi qonunga muvofiq belgilanadi. Ta'limning 
normativ-huquq bazasi rivojlantiriladi. Moliya-xo'jalik faoliyati olib borish hamda ta'lim jarayonini tashkil 
etishda o'quv yurtlarining huquqlari kengayadi va mustaqilligi ta'minlanadi. Ta'lim muassasalari
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o'tkaziladi 
hamda akkreditatsiyalanadi. Akkreditatsiya yakunlariga ko'ra ta'lim sohasida faoliyat ko'rsatish huquqi 
beriladi. 
Muassis tashkilotlarning, mahalliy hokimiyat organlarining, savdo-sanoat doiralarining, jamoat 
tashkilotlarining, fondlarning va homiylarning vakillarini o'z ichiga oluvchi vasiylik va kuzatuv kengashlari 
tuzish orqali ta'lim muassasalarining samarali jamoat oshqaruvi tizimi joriy etiladi. 

Yüklə 352,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin