O’zbekiston respublikasining qonuni 1997 yil 29 avgust 463-i-son Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida


 Kasb-hunar ta'limi sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirish



Yüklə 352,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/21
tarix12.04.2023
ölçüsü352,16 Kb.
#96713
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
usbekistan-nationales-ausbildungsprogramm-seit1997-uz

4.7. Kasb-hunar ta'limi sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirish 
Ta'lim boshqaruvi organlariga bog'liq bo'lmagan, kasb-hunar ta'limi sifatini attestatsiyadan o'tkazuvchi 
davlat xizmati tashkil etiladi. Mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning istiqbol talablariga monand 
davlat ta'lim standartlari ishlab chiqiladi. 
O'quv yurtlari faoliyatini, professor-pedagog kadrlar sifatini hamda ta'lim oluvchilarning bilimini 
reyting asosida baholash tizimi tadbiq etiladi. 
Kadrlarni tayyorlash sifatini nazorat qilishning davlat va jamoat shakllari rivojlantiriladi. Ta'lim 
muassasalari bitiruvchilarini yakuniy attestatsiyalash tizimi takomillashtiriladi. 
4.8. Ta'lim tizimini moliyalash
Ta'limni va kadrlar tayyorlashni moliyalash tizimi takomillashtiriladi, uning ko'p variantli (byudjetdan 
ajratiladigan va byudjetdan tashqari manbalardan) tizimi joriy etiladi, ta'lim muassasalarining o'zini o'zi pul 
bilan ta'minlashi rivojlantiriladi, xususiy hamda chet el investitsiyalarini ta'lim sohasiga jalb etish 
rag'batlantiriladi.
Respublika fuqarolari uchun keyinchalik ularni to'lashning moslashuvchan tizimiga asoslangan ta'lim 
kreditlari berish mexanizmi shakllantiriladi. Uzluksiz ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimini moddiy jihatdan 
qo'llab-quvvatlashda 
donorlar 
va 
homiylarning 
mavqei 
kuchayib 
boradi. 
Pullik ta'lim xizmatlari ko'rsatish, tadbirkorlik, maslahat, ekspert, noshirlik, ishlab chiqarish, ilmiy hamda 
ustavda belgilab qo'yilgan vazifalarga muvofiq boshqa tarzdagi faoliyat hisobidan ta'lim muassasalarining 
daromadlari ko'payishi ta'minlanadi. 
4.9. Moddiy-texnika ta'minoti
Har bir mintaqaning demografik va jo'g'rofiy xususiyatlaridan kelib chiqib, akademik litseylar, kasb-hunar 
kollejlari tarmog'i barpo etiladi. Ta'lim oluvchilarni oiladan ajralmagan holda o'qishga imkon qadar 
ko'proq 
qamrab 
olinadi. 
Mavjud ta'lim muassasalarini kapital ta'mirlash va yangi ta'lim muassasalari qurish, ularni 
normativ
talablarga 
muvofiq, 
zamonaviy 
texnika va texnologiyalarning darajasini 
hisobga 
olgan
holda
jihozlanishini 
ta'minlash 
choralari 
ko'riladi. 
O'quv-tarbiya muassasalarini zarur uskunalar, inventarlar, ashyolar, ta'limning texnikaviy, dasturiy va 
didaktik vositalari bilan jihozlash yuzasidan ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish 


qo'llab-quvvatlanadi. Barcha bosqichdagi ta'lim jarayonlarini kompyuterlashtirish va axborotlashtirish 
amalga oshiriladi. 

Yüklə 352,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin