4.2. Pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Pedagog
kadrlarning
malakasini
oshirish
va
ularni
qayta
tayyorlashning
zamon
talablariga moslashuvchan, ta'limning yuqori sifatli va barqaror rivojlanishini ko'zlovchi tizimi vujudga
keltiriladi.
Pedagog
kadrlarni
ildam
qayta
tayyorlash
va
ularning
malakasini
oshirish,
raqobatbardosh darajada ularning kasb sifatini qo'llab-quvvatlash ta'minlanadi
Oliy ta'lim muassasalarida davlat ta'lim standartlariga mos yuqori malakali o'qituvchilar tayyorlash
bo'yicha maxsus fakultetlar, shuningdek respublika viloyatlarida umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-
hunar ta'limi uchun o'qituvchilar va mutaxassislar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
yuzasidan maxsus markazlar tashkil etiladi.
4.3. Ta'lim jarayonini mazmunan islox qilish
Kadrlarni o'qitish va tarbiyalash milliy tiklanish prinsiplari va mustaqillik yutuqlari, xalqning boy milliy,
ma'naviy va intellektual salohiyati hamda umumbashariy qadriyatlarga tayangan, insonparvarlikka
yo'naltirilgan ta'limning mazmuni davlat ta'lim standartlari asosida isloh qilinadi. Ta'lim oluvchining
shaxsiga, unda ta'lim va bilimlarga bo'lgan ishtiyoqni kuchaytirishga, mustaqil ish tutishni, iftixor va insoniy
qadr-qimmat tuyg'usini shakllantirishga alohida e'tibor beriladi.
Pedagog kadrlarning obro'-e'tibori, mas'uliyati va kasb ko'nikmasini oshirish yuzasidan sobit qadam davlat
siyosati olib boriladi. Ilg'or pedagogik texnologiyalar, ta'limning yangi shakl va uslublari, o'quv, shu
jumladan differensiyalashgan dasturlar amaliyotga joriy etiladi.
4.4. Ma'naviy-axloqiy tarbiya va ma'rifiy ishlar Yosh avlodni ma'naviy-ahloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy madaniy-tarixiy an'analariga, urf-odatlari
hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab
chiqilib, amaliyotga joriy etiladi. Shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning
ustuvorligi ta'minlanadi. Umumiy hamda pedagogik madaniyatni oshirish maqsadida, mamlakat aholisi
orasidagi ma'rifiy ishlar takomillashtirib boriladi.
O'zbekiston
mustaqilligi
prinsiplariga
sadoqatli
hamda
jamiyat
taraqqiyotiga
munosib
hissa qo'shishga qodir shaxsni shakllantirish maqsadida ta'lim muassasalari ota-onalar, oila, mahalla
qo'mitalari, "Ma'naviyat va ma'rifat" jamoatchilik markazi, jamoat tashkilotlari, fondlar bilan o'zaro puxta
hamkorlik qiladilar.