O’zbekiston respublikasining qonuni 1997 yil 29 avgust 463-i-son Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida



Yüklə 352,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/21
tarix12.04.2023
ölçüsü352,16 Kb.
#96713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
usbekistan-nationales-ausbildungsprogramm-seit1997-uz

1.3. Islox qilish omillari
Kadrlar tayyorlash tizimini tubdan islo qilishning muhim omillari quyidagilardan iborat: 

Respublikaning demokratik xuquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo'lidan izchil 
ilgarilab borayotganligi;

mamlakat iqtisodiyotida tub o'zgartirishlarning amalga oshirilishi, respublika iqtisodiyoti asosan 
xomashyo yo'nalishidan raqobatbardosh pirovard mahsulot ishlab chiqarish yoliga 
izchil o'tayotganligi, mamlakat eksport salohiyatining kengayyotganligi;

davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta'lim ustuvorligi qaror topganligi;

milliy o'zlikni anglashning o'sib borishi, vatanparvarlik, o'z vatani uchun iftixor tuyg'usining 
shakllanayotganligi, boy milliy madaniy-tarixiy an'analarga va 
xalqimizning intellektual merosiga hurmat;

O'zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi, respublikaning jahondagi mavqei va obro'-
e'tiborining mustahkamlanib borayotganligi.


2. MILLIY DASTURNING MAQSADI, VAZIFALARI 
VA UNI RO’YOBGA CHIQARISH BOSQICHLARI

 2.1. Dasturning maqsad va vazifalari


Mazkur dasturning maqsadi ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy 
qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy 
va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir. Ushbu 
maqsadni ro’yobga chiqarish quyidagi vazifalar hal etilishini nazarda tutadi: "Ta'lim to’g'risida"gi 
O’zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiqta'lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta'lim 
muassasalari hamda ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta'lim 
tizimini yagona o’quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta'minlash; ta'lim va 
kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy 
davlat qurilishi jarayonlariga moslash:
Kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta'minlash, pedagogik 
faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko’tarish; kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning 
ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va 
texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish; ta'lim oluvchilarni ma'naviy-
ahloqiy tarbiyalashning va ma'rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy 
etish; ta'lim va kadrlar tayyorlash, ta'lim muassasalarini attestatsiyadan o’tkazish va akrreditasiya qilish 
sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy qilish; yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta'limning talab 
qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko’rsatishi va barqaror 
rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta'minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini 
yaratish; ta'lim, fan va ishlab chiqarish samarali integratsiyalashuvini ta'minlash, tayyorlanayotgan 
kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini, shuningdek nodavlat tuzilmalari, korxonalar 
va tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish; uzluksiz ta'lim va 
kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari mablag'lar, shu jumladan chet el investisiyalari jalb 
etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; kadrlar 
tayyorlash sohasida o’zaro 
manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

Yüklə 352,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin