(2-q.)
Har bir soliq uchun soliq bazasi va uni aniqlash tartibi ushbu Kodeks bilan belgilanadi.
72-modda. Soliq stavkasi
(1-q.)
Soliq stavkasi soliq bazasining oʻlchov birligiga nisbatan hisoblanadigan soliqning
foizlardagi yoki mutlaq summadagi miqdorini ifodalaydi.
(2-q.)
Soliq stavkalari ushbu Kodeks bilan belgilanadi. Aksiz soligʻining stavkalari,
mahsulot narxi dinamikasidan va uni realizatsiya qilish, shu jumladan import qilish hajmidan kelib
chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan yil davomida qayta koʻrib
chiqilishi mumkin.
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi
tahririga qarang)
OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son
Qonuniga
muvofiq uchinchi qism chiqarib tashlangan
(3-q.) Aksiz soligʻi, yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va qatʼiy
belgilangan summada jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkalari Oʻzbekiston
Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonuni bilan belgilanadi. Aksiz soligʻining
stavkalari, mahsulot narxi dinamikasidan va realizatsiya qilish hajmidan kelib chiqib, Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan yil davomida qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: