Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliqlar va yigʻimlarni hisoblab



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

74-modda. Soliqlar va yigʻimlarni hisoblab 
chiqarish va toʻlash tartibi 
(1-q.)
Soliqni hisoblab chiqarish tartibi soliq bazasidan, soliq stavkasidan, shuningdek 
mavjud boʻlgan taqdirda, soliq imtiyozlaridan kelib chiqqan holda soliq davri uchun soliq 
summasini hisob-kitob qilish qoidalarini belgilaydi. 
(2-q.)
Soliqni hisoblab chiqarish soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil ravishda amalga 
oshiriladi.
(3-q.)
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda bu majburiyat soliq organiga yoki soliq 
agentiga yuklatilishi mumkin. 
(4-q.)
Agar mazkur Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchilar 
va soliq agentlari soliqlar hamda yigʻimlarni mustaqil ravishda toʻlaydi.


(5-q.)
Soliqni toʻlash soliqning toʻliq summasi boʻyicha yoki ushbu Kodeksda nazarda 
tutilgan boshqacha tartibda amalga oshiriladi. 
(6-q.)
Agar soliq boʻyicha soliq davri bir necha hisobot davrini tashkil etsa, ulardan har 
birining natijalari boʻyicha joriy toʻlovlar toʻlanadi. Joriy toʻlovlarni toʻlash majburiyati soliqni 
toʻlash boʻyicha majburiyatga tenglashtiriladi. 
(7-q.)
Alohida soliq turlari uchun boʻnak toʻlovlari nazarda tutilishi mumkin. Boʻnak 
toʻlovlarini toʻlash majburiyati soliqni toʻlash boʻyicha majburiyatga tenglashtiriladi. 
(8-q.)
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni banklar orqali naqd pulsiz 
shaklda toʻlaydi. 
(9-q.)
Soliqlar va yigʻimlarni turlari boʻyicha hisoblab chiqarish tartibi hamda toʻlash 
muddatlari ushbu Kodeksning Maxsus qismida belgilanadi. 
75-modda. Soliq imtiyozlari 
(1-q.)
Soliq toʻlovchilarning ayrim toifalariga boshqa soliq toʻlovchilarga nisbatan soliq 
toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan afzalliklar, shu jumladan soliqni toʻlamaslik yoki 
ularni kamroq miqdorda toʻlash imkoniyati soliq imtiyozlari deb eʼtirof etiladi. 
(OʻzR 21.04.2021-
y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(2-q.)
Soliq toʻlovchiga soliqlarni toʻlash boʻyicha muddatni kechiktirish (boʻlib-boʻlib 
toʻlash) imkoniyati berilishi soliq imtiyozlari hisoblanmaydi. 
(3-q.)
Agar ushbu moddaning beshinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, 
soliq imtiyozlari ushbu Kodeks bilan taqdim etiladi.
(4-q.)
Soliq imtiyozlari individual xususiyatga ega boʻlishi mumkin emas. 
(5-q.)
Ayrim soliqlar boʻyicha soliq imtiyozlari, qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi 
solinadigan mahsulotlar ishlab chiqarilganda va (yoki) realizatsiya qilinganda aksiz soligʻi yer 
qaʼridan foydalanganlik uchun soliqdan va foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta 
soligʻidan tashqari, ushbu moddaning oltinchi qismi qoidalarini hisobga olgan holda Oʻzbekiston 
Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan faqat belgilangan soliq stavkasini kamaytirish, lekin 
koʻpi bilan 50 foizga kamaytirish tarzida va koʻpi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin. 
(OʻzR 
30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) 
(6-q.)
Ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchilar 
soliqlar boʻyicha imtiyozlardan tegishli huquqiy asoslar yuzaga kelgan paytdan eʼtiboran ularning 
butun amal qilish davri mobaynida foydalanishga yoki soliq imtiyozidan foydalanishdan voz 
kechishga yoxud undan foydalanishni bir yoki bir necha soliq davrlarida toʻxtatib turishga haqli, 
bundan qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish 
mustasno. 
(7-q.)
Soliqlar boʻyicha imtiyozlar soliq solishdan boʻshagan mablagʻlarni aniq maqsadlarga 
yoʻnaltirishi sharti bilan berilishi mumkin. Bunday mablagʻlar maqsadli ishlatilmagan taqdirda 
maqsadsiz ishlatilgan mablagʻlar summasi belgilangan tartibda penya hisoblangan holda budjetga 
undirilishi lozim. Soliqlar boʻyicha imtiyozlar berilishi munosabati bilan boʻshagan va mazkur 


imtiyozlarning amal qilish davrida foydalanilmagan mablagʻlar summasi berilgan imtiyozlarning 
amal qilish muddati tugaganidan soʻng bir yil davomida ularni taqdim etishda belgilangan 
maqsadlar uchun yoʻnaltirilishi mumkin. Bunda belgilangan muddatda foydalanilmagan 
mablagʻlar budjetga oʻtkazilishi lozim. 
(8-q.)
Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar, shu jumladan tovarlar Oʻzbekiston 
Respublikasining hududiga olib kirilishida (importida) soliq solishdan boʻshagan mablagʻlarni 
aniq maqsadlarga yoʻnaltirish sharti bilan, berilishi mumkin emas. 
(9-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, 
viloyatlar va Toshkent shahridagi bosh boshqarmalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi 
Markaziy bankining muassasalari ushbu Kodeksda nazarda tutilgan soliqlarni toʻlashdan ozod 
etiladi, bundan ijtimoiy soliq va Oʻzbekiston Respublikasining hududiga olib kirishda (importida) 
toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi mustasno. 
(10-q.)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari 
Kengashlari turistik zonalarda joylashgan alohida sanatoriy-kurort obyektlari egallagan yer 
uchastkalariga nisbatan mol-mulk soligʻi va yer soligʻining kamaytirilgan soliq stavkalarini 
belgilash yoki soliq toʻlashdan ozod qilish huquqiga ega. 
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son 
Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 
(11-q.)
Ushbu Kodeksning 483-moddasida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi 
Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida yuridik 
shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hamda yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini 
toʻlashdan toʻliq ozod qilish tarzida berilgan soliq imtiyozlariga ega boʻlgan soliq toʻlovchilar 
mazkur soliqlarni ushbu soliqlardan hisoblangan summaning bir foizi miqdorida toʻlaydi. 
(OʻzR 
05.05.2022-y. OʻRQ-767-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 
OʻzR 05.05.2022-y. OʻRQ-767-son Qonuniga muvofiq oʻn birinchi qismi oʻn ikkinchi qism 
deb hisoblansin 
(12-q.)
Soliq imtiyozlarini hisobga olish soliq organlari tomonidan axborot tizimlaridan 
foydalangan va soliq imtiyozlarining har bir turiga maxsus identifikatsiya kodini bergan holda 
amalga oshiriladi. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin