O’zbekiston resrublikasi kadrlar tayyorlash milliy dasturining o’ziga xosligi reja


Fan Ishlab chiqarish



Yüklə 66,5 Kb.
səhifə3/3
tarix02.05.2023
ölçüsü66,5 Kb.
#106063
1   2   3
kadrlar tayorlash milliy dasturi

Fan




Ishlab chiqarish

1. SHaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subekti va obekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning istehmolchisi va ularni amalga oshiruvchidir.
SHaxs uzluksiz ta’lim jarayonida dunyoviy, ilmiy bilimlarni o’zlashtiradi, fan asoslarini puxta egallaydi, ishlab chiqarish sohalari bilan tanishadi, shuningdek, o’zida ijtimoiy tahsirlar yordamida mahnaviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalab boradi. SHaxsda o’zlashtirilgan bilim, faoliyat ko’nikmalari va hayotiy tajriba asosida kasbiy mahorat ham shakllanib boradi. Yuksak mahnaviy-axloqiy sifatlar va yuqori darajadagi kasbiy malakaga ega bo’lish uchun shaxs o’z oldiga muayyan maqsadni qo’ya olishi hamda unga erishish yo’lida tinimsiz izlanishi, o’qib-o’rganishi lozim. SHundagina u ijtimoiy raqobatga chidamli, malakali kadr bo’lib shakllanadi.
O’z-o’zini anglash tuyg’usiga ega bo’lish, ta’lim sohasidagi xizmatlardan to’laqonli, samarali foydalana olish, ilmiy va kasbiy bilimlarni puxta o’zlashtirishga erishish shaxsga yetuk mutaxassis bo’la olishi uchun poydevor yaratadi. Inson kamoloti, eng avvalo, uning o’ziga bog’liqdir. SHu bois milliy dasturda shaxs va uning kamolotini shakllantirishga alohida ehtibor qaratilgan.
«Ta’lim xizmatlarining istehmolchisi sifatida shaxsga davlat ta’limini olish va kasb-hunar tayyorgarligidan o’tish kafolatlanadi. Ta’lim olish jarayonida shaxs davlat ta’lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart.
SHaxs ta’lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini olgach, ta’lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko’rsatish sohasida faoliyat ko’rsatadi va o’z bilimi hamda tajribasini o’rgatishda ishtirok etadi».
2. Davlat va jamiyat ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillaridir.
SHaxs kamoloti nafaqat o’zi uchun, balki davlat va jamiyat taraqqiyoti, ravnaqi uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Binobarin, fuqarolari yuksak Ma’naviyatga ega jamiyat har tomonlama taraqqiy eta oladi.
SHaxs va davlat (jamiyat) o’rtasidagi aloqa ikki tomonlama xususiyatga ega. SHu bois har qanday davlat (jamiyat) o’z fuqarolarining yashashi, mehnat qilishi, iqtidori va salohiyatini ro’yobga chiqarishi, uni namoyon eta olishi uchun yetarli darajada shart-sharoit yaratib bera olishi lozim. Respublika ta’lim tizimida davlat va jamiyat shaxsning har tomonlama shakllanishi, o’zligini namoyon eta olishi uchun yetarli darajada shart-sharoit yaratib berish mashuliyatini o’z zimmasiga oluvchi subekt sifatida namoyon boiadi.
Davlat va jamiyat ta’lim muassasalarining yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash yo’lidagi faoliyatini ham uyg’unlashtiradi hamda quyidagilarga kafolat beradi:
fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o’z malakasini oshirish huquqlarining ro’yobga chiqarilishiga;
majburiy umumiy o’rta ta’lim hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish yo’nalishini tanlash huquqi asosida majburiy o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini olishga;
davlat grantlari yoki pulli-shartnomaviy asosda oliy ta’lim va oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limni olish huquqiga;
davlat ta’lim muassasalarini mablag’ bilan tahminlashga;
ta’lim oluvchilarning o’qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalarning hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga;
ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlashga;
sog’liq va rivojlanishida nuqsoni bo’lgan shaxslarning ta’lim olishi.
3. Uzluksiz ta’lim malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo’lib, ta’limning barcha turlari, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi.
Adabiyotlar ro’yxati:
1. Barkamol avold orzusi, T., 1999.
2. Barkamol avlod- o’zbekiston taraqqiyotining poydevori , T., 1998.
Yüklə 66,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin