O‘zbekiston resrublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz muxandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə16/24
tarix23.08.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#140214
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Arslon dissertatsiya

2.3-расм. Карбамиднинг ИҚ-спектри

2.4-расм. К+ЭХГ маҳсулотининг ИҚ-спектри

2.5-расм. Тиокарбамиднинг ИҚ-спектри

2.6-расм. Т+ЭХГ маҳсулотининг ИҚ – спектри

Suyultirilgan diglitsidilkarbamid eritmalarining qovushqoqligini o‘lchash natijalari 2.2-jadvalda ko‘rsatilgan. Jadvaldagi ma’lumotlar asosida diagramma tuzildi va diglitsidiltiokarbamidning xarakteristik qovushqoqligi diagramma bo‘yicha aniqlandi. Qovushqoqlikni aniqlash uchun kapillyarining diametri 0,54 mm bo‘lgan Ubellode tipidagi viskozimetrdan foydalanildi.


2.2-jadval
Diglitsidilkarbamidning suyultirilgan eritmasi uchun qovushqoqlikni o‘lchash natijalari



Eritma konsentra- siyasi, %

Eritma ning oqish- vaqti, sek, τ


t1/t0


t1/t0-1



)


ln



1

0

114

-

-

-

-

-

2

1

127

1.11

0.11

0.11

0.10

0.12

3

0,75

125

1.09

0.09

0.12

0.37

4

0,5

124

1.08

0.08

0.16

0.77

5

0,25

122

1.07

0.07

0.28

1,45

6

0,125

119

1.04

0.04

0.32

2,11

7

0,0625

117

1.02

0.02

0.326

2,79







2.7-rasm. Keltirilgan qovushqoqlikning diglitsidilkarbamid konsentratsiyasiga bog‘liqligi
Grafik bo‘yicha (2.7-rasm) xarakteristik qovushqoqlikni aniqlash mumkin. Grafikdan ko‘rish mumkinki, sintez qilingan mahsulotning xarakteristik qovushqoqligi 0.12 ga teng. Bu esa o‘z navbatida diglitsidilkarbamid molekular massasining biroz yuqori ekanligini ko‘rsatadi.
Suyultirilgan diglitsidiltiokarbamid eritmalarining qovushqoqli- gini o‘lchash natijalari 2.3-jadvalda ko‘rsatilgan.
2.3-jadval
Diglitsidiltiokarbamidning suyultirilgan eritmasi uchun qovushqoqlikni o‘lchash



Eritma konsentratsiyasi, %

Eritmaning oqish vaqti, sek, τ


t1/t0


t1/t0-1



( )


ln·



1

0

114

-

-

-

-

-

2

1

115

1.008

0.008

0.008

0.0079

0.2

3

0,75

115

1.008

0.008

0.01

0.2956

4

0,5

115

1.008

0.008

0.016

0.7011

5

0,25

116

1.01

0.01

0.04

1.3962

6

0,125

117

1.02

0.02

0.16

2.0992

7

0,0625

117

1.02

0.02

0.32

2.7923

Grafik bo‘yicha (2.8-rasm) xarakteristik qovushqoqlikni aniqlash mumkin. Grafikdagi ma’lumotlarga asosan sintez qilingan oligomerning xarakteristik qovushqoqligi 0.2 ga teng. Bu esa diglitsidiltiokarbamid- ning quyi molekular massaga ega ekanligini ko‘rsatadi.

2.8-rasm. Keltirilgan qovushqoqlikning diglitsidiltiokarbamid konsentratsiyasiga bog‘liqligi
Bundan tashqari, sintez qilingan mahsulot zamonaviy kompyuter programmasi Hyper Chem 806 ning maxsus dasturi yordamida kvant-kimyoviy analiz ham qilindi. Analiz natijalari tajribalarda olingan natijalar bilan solishtirildi, taqqoslandi va tegishli xulosalar chiqarildi.
2.3. Tiokarbamidning epixlorgidrin bilan ta’sirlashish reaksiyasini o‘rganish
Odatda, ionalmashinuvchi smolalarni polikondensatsiya usulida sintez qilishda monomerlar sifatida galogen tarkibli epoksibirikmalar, epixlorgidrin, ionitlarning eksplutatsion xossalarini yaxshilaydigan har xil modifikatsiyalangan reagentlar bilan birga di-, tri- va poliaminlar ham qo‘llaniladi.
Epixlorgidrin va ammiakning suv (yoki glikollar) ishtirokida kondensatsiyalanishidan almashinish sig‘imi 7 mg-ekv/g gacha bo‘lgan ionalmashinuvchi materiallar olingan [111].
Ammiakning epixlorgidrin bilan kondensatsiya mahsulotlariga geterosiklik birikmalar ta’sir ettirilib, yuqori almashinish sig‘imiga ega bo‘lgan, oksidlanishga chidamli va yaxshi kinetik xossali kuchsiz asosli anionitlar olingan [112].
Epixlorgidrin bilan polietilenpoliaminning polikondensatsiya lanishidan ionalmashinish xossasiga ega bo‘lgan polielektrolitlar sintez qilingan [113; 949-954-b].
Tiokarbamid epixlorgidrin bilan xona haroratida shiddatli ravishda issiqlik ajralishi bilan o‘zaro ta’sirlashadi. Epixlorgidrinning tiokarbamid bilan reaksiyasi sur’atini bir xil ushlash va ekzotermiklikni pasaytirish uchun kondensatsiya reaksiyasi erituvchi ishtirokida o‘tkaziladi. Erituvchilar sifatida esa etil, izoamil spirtlar, dimetilformamid, toluoldan foydalaniladi.
Polimer olishning yuqori unumiga izoamil spirt va dimetilformamiddan foydalanilganda erishiladi. Reaksiya tezligi va polimer unumi ishlatiladigan erituvchi miqdoriga bog‘liq. Kondensatsiya reaksiyasining davomiyligi, anionit xossasiga tiokarbamid va erituvchi massa nisbatlari (0,5:1,0:1,5:2,0:2,5) ning ta’siri atroflicha o‘rganildi. 1 massa qism tiokarbamidga 0,5-0,6 massa qism erituvchidan foydalanilganda, kondensatsiya reaksiyasi shiddatli sur’atda boradi va bunda mexanik mustahkamligi kam bo‘lgan mo‘rt polimer hosil bo‘ladi. Erituvchi miqdorining 1,5 dan 2,5 massa qismga ortishi reaksion massa qotish vaqtining uzayishiga olib keladi (100-120 soat). Bir massa qism erituvchi va va 1 massa qism tiokarbamiddan foydalanilganda, kondensatsiya jarayoni bir maromda boradi va olingan mahsulotning mexanik chidamligi yaxshi hamda yetarlicha almashinish sig‘imiga ega bo‘ladi [114; 81-b.]. Tajriba natijalari 2.5 va 2.6 -rasmda keltirilgan. Epixlorgidrin konsentratsiyasi o‘zgarishi bo‘yicha reaksiya tezlik konstantasi hisoblanganda, mahsulotning hosil bo‘lishi epixlorgidrindagi xlor atomining tiokarbamid aminoguruhidagi harakatchan vodorod atomlari bilan o‘zaro ta’sirlashishi hisobiga borishi taxmin qilindi. Reaksiyaning birinchi bosqichida glitsidilli hosilalar hosil bo‘ladi:

Amiddagi 2 ta vodorod atomlari almashinishidan ham glitsidilli hosilalar olish mumkin:

2.9-rasmda turli haroratlarda polimerlanish darajasining jarayon davomiyligiga bog‘liqligi keltirilgan. Bu natijalarga asoslanib, turli haroratlarda ta’sirlashuvchi moddalar konsentratsiyalari o‘zgarishining vaqtga logarifimik bog‘liqligi topilgan. Natijalarni hisoblash uchun 20% dan ko‘p bo‘lmagan o‘zgarish darajasi bilan moslashtirildi.

1) 80 0S ( ); 2) 90 0S ( ); 3) 100 0S; ( ) 4) 110 0S ( ).

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin