O‘zbekiston resrublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz muxandislik-texnologiya instituti


Epixlorgidrin va (tio)karbamid asosida diglitsidil(tio)karbamid sintezi



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə13/24
tarix23.08.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#140214
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Arslon dissertatsiya

2.2. Epixlorgidrin va (tio)karbamid asosida diglitsidil(tio)karbamid sintezi
Ionalmashinuvchi polimerlar sintezida polikondensatsiya usuli- issiqlikka chidamli qimmatbaho yuqori molekular birikmalarning katta guruhini sintez qilish uchun keng qo‘llaniladi. Bu usulning kimyo sanoatida keng miqyosda qo‘llanilishi Respublikamizda xom-ashyolarning (ammiak, karbamid, tiokarbamid, aldegidlar, akrilonitril) yetarli ekanligi bilan ham bog‘liq. Polikondensatsiya jarayoni ko‘p sondagi monografiyalar va tahliliy ilmiy maqolalarda yetarlicha tahlil qilingan [1; 93-105-b, 59; 160-164-b].
Ko‘pchilik ionalmashinuvchi kompozitsion birikmalarning fazoviy va to‘rsimon tuzilishi - ularga suv va elektrolitlarda tegishli barqarorlikni beradi.
Karbamid va tiokarbamidning epixlorgidrin bilan o‘zaro reaksiyasi xona haroratida, boshlang‘ich mahsulotlarning turli nisbatlarida o‘tkazildi. Reagentlar aralashmasi geterogen va barqaror bo‘lganligi uchun ular magnitli meshalka yordamida intensiv aralashtirildi. Reaksiya jarayonida harorat xona haroratidan 50-100 ºS oshganda, eritma pH i 10-11 dan 4-6 gacha kamayadi. Bu ko‘rsatgichlar EV-74 ionomeri yordamida nazorat qilinib, uning elektrodi termometr bilan reaksion muhitga o‘rnatildi.
Davomiyligi komponentlar nisbati va umumiy konsentratsiyaga bog‘liq bo‘lgan induksion davrdan so‘ng, reaksion aralashma o‘z-o‘zidan qiziydi. Karbamid va tiokarbamidning epixlorgidrin bilan nisbati 1:2 bo‘lganda, mahsulotning ko‘proq unumi (65% dan yuqori) olindi.
Karbamid va tiokarbamidning epixlorgidrin bilan ta’sirlashish jarayoni ikki usulda: 1 % li xlorid kislota va 0,5% li ishqor eritmasi ishtirokida amalga oshirildi. (Tio)karbamid va epixlorgidrin 1:2 mol nisbatda.
Xlorid kislota ishtirokida karbamid va epixlorgidrin asosida olingan mahsulot oq sarg‘ish rangli smolasimon, liqildoq ko‘rinishida bo‘lib, molekular massasi -235-310, tarkibidagi asosiy komponent miqdori 97,8%. Tiokarbamid va epixlorgidrin asosida olingan mahsulot- och jigar rangli, qovushqoq smolasimon ko‘rinishda bo‘lib, o‘rtacha molekuyar massasi 210 – 280, tarkibidagi asosiy komponentning miqdori- 98,1 %.
Karbamid bilan epixlorgidrinning o‘zaro ta’siri natijasida ishqoriy muhitda olingan mahsulot - oq sarg‘ish rangli, smolasimon, quyuq, kam qovushqoq ko‘rinishda bo‘lib, o‘rtacha molekular massasi 180-300, tarkibidagi asosiy komponentning miqdori 98,2%. Tiokarbamidning epixlorgidrin bilan ishqoriy muhitda o‘zaro ta’sirlashishidan olingan mahsulot - och sarg‘ish rangli, qovushqoq, smolasimon ko‘rinishda bo‘lib, o‘rtacha molekular massasi 220-245, tarkibidagi asosiy komponentning miqdori -98,7 %.
Diglitsidilkarbamid (DGK)- qovushqoqligi kam, oq sarg‘ish rangli, quyuq smolasimon suyuqlik bo‘lib, molekular massasi 170 (kriosk. [108; 335-b]), uni termometr, qaytar sovitgich va aralashtirgich o‘rnatilgan uch og‘izli kolbaga erituvchi muhitida 30 g karbamidga 20 g natriy gidroksid solinib, 75 °C haroratda suyuqlantirib olindi. Reaksion aralashma 35 minut aralashtirib turilib, unga 82 ml epixlorgidrin qo‘shiladi. Aralashma 1 soat 100-105 ºS haroratda, suv hammomida aralashtirilib turilib, qizdiriladi. Asta-sekin bilan cho‘kma tushishi boshlanadi, cho‘kma to‘liq tushib bo‘lgandan keyin, aralashma 20 °C gacha sovitiladi, filtrlanadi, distillangan suvda yuviladi. Mahsulot toza idishga quyib olinadi. Erituvchi sifatida: metil, etil spirtlari, DMFO, DMSO ishlatildi. Bunda dastlabki komponentlarning mol nisbati K:EXG:NaOH = 1:2:1 unum 90-95 %.
Hisoblangan, % C7H12N2O3: C 47,7; H 6,8; N 18,1; O 27,2;
Topilgan, %: C 42,1; H 6,2; N 15,6; O 26,1;
Epoksid guruh miqdori: 23%;
Diglitsidiltiokarbamid (DGT) qovushqoqligi kam, och sarg‘ish jigar rangli, quyuq smolasimon suyuqlik bo‘lib, molekular massasi 186 (kriosk. [108; 335-b]), uni termometr, qaytar sovitgich va aralashtirgich o‘rnatilgan uch og‘izli kolbaga erituvchi muhitida 38 g tiokarbamid va 20 g natriy gidroksidi solinib, 75 °C haroratda suyuqlantirib olindi. Reaksion aralashma 35 minut davomida aralashtirib turilib, unga 82 ml epixlorgidrin qo‘shildi. Aralashma 1 soat 100-105 ºS haroratda, suv hammomida aralashtirilib turilib, so‘ngra, qizdirildi. Asta-sekin cho‘kma tushishi boshlandi, to‘liq cho‘kma hosil bo‘lgandan keyin, aralashma 20 °C gacha sovitildi, filtrlandi, distillangan suvda yuvilgach, mahsulot toza idishga quyib olindi. Erituvchi sifatida metil, etil spirtlari, DMFO va DMSO ishlatildi. T:EXG:NaOH=1:2:1 unum 88-90%.
Hisoblangan, % C7H12N2SO2: C 44,6; C 6,3; N 14,8; S 17,02; O 17,02;
Topilgan, %: C 42,1; H 6,2; N 12,0; S 15,8; O 16,1;
Epoksid guruhi miqdori: 21%;

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin