O‘zbekiston resrublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz muxandislik-texnologiya instituti


II-BOB. BOShLANG‘ICh MODDALAR VA TARKIBIDA AZOT, OLTINGUGURT, FOSFOR BO‘LGAN KOMPOZITSION ION ALMASHINUVCHI MATERIALLAR SINTEZI



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə10/24
tarix23.08.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#140214
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Arslon dissertatsiya

II-BOB. BOShLANG‘ICh MODDALAR VA TARKIBIDA AZOT, OLTINGUGURT, FOSFOR BO‘LGAN KOMPOZITSION ION ALMASHINUVCHI MATERIALLAR SINTEZI
2.1. Dastlabki moddalar va tadqiqot usullari
Epixlorgidrin va formalinning karbamid hamda tiokarbamid bilan o‘zaro ta’sirlashishi natijasida olinadigan mahsulotlari: diglitsidilkarbamid (DGK), diglitsidiltiokarbamid (DGT), dimetilolkarbamid (DMK), dimetiloltiokarbamid (DMT) ni sintez qilish uchun quyidagi kimyoviy reaktivlardan foydlanildi:
Epixlorgidrin (EXG)organik modda, propilen oksidining xlorli hosilasi, formulasi SH₂OCH-CH₂Cl. Organik sintezda, epoksid smola va glitserin ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Qaynash temperaturasi 115-116 ºS (93,04 kPa, 1,4397, bo‘lib, bunda ikki bosqichli haydash orqali fraksiyaga ajratiladi va kalsiy gidrid yordamida quritiladi.
Karbamid - CO(NH₂)₂ — GOST 2081-92. “Maksam Chirchiq” AJQK korxonasida 46% li mineral o‘g‘it sifatida ishlab chiqarilmoqda. Oq kristall granula ko‘rinishda bo‘lib, suvda yaxshi eriydi. Melamin, sianurat kislota va karbamid-formaldegid smola olishda ishlatiladi.
Tiokarbamid — CS(NH₂)₂ — GOST 6344-73. «Texnik» marka, «Navoiazot» AJda ishlab chiqariladi, achchiq ta’mli oq kiristall modda, suyuqlanish harorati 180-182°C, zichligi 1,4 g/sm³ ga teng; suvda yaxshi eriydi, metanol, piridinda va piridinning 50 %li suvli eritmasida ham yaxshi eriydi.
Ortofosfat kislota - fosfat angidrid (R2O5)ning suvli hosilaci. Bir molekula fosfat angidrid bilan bir necha molekula suv birikishiga karab 3 xil fosfat kislota olinishi mumkin: R2O5+N2O^2NRO, (metafosfat kislota); R2O5+2N2O^N4R2O7 (pirofosfat kislota); R2O5+ZN2O"2N3RO4 (ortofosfat kislota). Bularning ichida eng muximi ortofosfat kislota, u to‘g‘ridan-to‘gri fosfat kislota deb ataladi. Fosfat kislota (N3RO4) — rangsiz, tiniq kristall modda. Suyuqlanish tempraturasi 42,35°C, zichligi 1,87 g/sm3. Normal sharoitda inert, yuqori tempraturada ko‘pgina metall va ularning oksidlari bilan reaksiyaga kirishadi va, hatto kvars bilan oltinga ham ta’sir etadi. Fosfat kislota suv bilan har qanday nisbatda aralashadi. Fosfat kislota texnikada ekstraksion va termik usullar bilan olinadi. Ekstraksion usul maydalangan va ozroq fosfatga kislota qo‘shilgan tabiiy fosforitni sulfat kislota eritmasida eritishdan iborat. Termik usulda esa avval fosforitdan sof fosfor ajratib olinadi, so‘ngra uni kuydirib fosfor (V) oksid - fosfat angidrid hosil qilinadi. Bu moddaga suv ta’sir ettirib uni N3RO4 ga aylantiriladi. Metafosfat kislota orto yoki pirofosfat kislotani qizdirib olinadi. Pirofosfat kislota esa gidrofosfatlarni qizdirib va boshqa usullarda olinadi.
Diglitsidilkarbamid (DGK) va diglitsidiltiokarbamid (DGT) asosida yangi ionitlar sintez qilish uchun quyidagi reaktivlardan foydlanildi:

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin