O‘zbekiston resrublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz muxandislik-texnologiya instituti


[21] adabiyotda melamin trixlorgidrinning aminlar bilan quyidagi sxema bo‘yicha ta’sirlashishidan olingan choklovchi agent – triglitsidilmelamin tavsiflangan



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə6/24
tarix23.08.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#140214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Arslon dissertatsiya

[21] adabiyotda melamin trixlorgidrinning aminlar bilan quyidagi sxema bo‘yicha ta’sirlashishidan olingan choklovchi agent – triglitsidilmelamin tavsiflangan:



Bu mahsulotning polietilenpoliamin bilan polikondensatsiya reaksiyasi polifunksional anionit hosil bo‘lishiga olib keladi.
Sintez qilingan ionitlar polifunksional to‘rsimon tuzilishli polimerlar bo‘lib, suvda uzoq vaqt qizdirishga chidamli. Bunday anionitlar sintezining kamchiligi - kondensatsiya jarayoniga uzoq vaqt sarflanishidir.
Ionitlarning issiqlikka bardoshligi, nafaqat, polimerning tartibli tuzilishiga, balki makromolekuladagi aromatik yadroga ham bog‘liq [22]. Diol va aminofenollarning glitsidil efirlarida, dastlabki reagentlar sifatida aromatik aminlardan foydalanish, anionalmashinuvchilarning issiqlikka bardoshliligini ta’minlaydi. Sintez qilingan yuqorida ko‘rsatilgan tarkibli ionitlarning 0,1 n. HCl eritmasi bo‘yicha almashinish sig‘imi 2,3 dan 15,0 mg-ekv/g gacha bo‘ladi [23].
So‘nggi yillarda ilmiy tadqiqotchilar anionitlar olishning boshqa usullarini ham qo‘llashmoqdalar. Jumladan, epixlorgidrinni polimerlab, chiziqli polimer hosil qilish, so‘ngra esa uni choklash.
Xuddi shunday, uchlamchi aminlarning epixlorgidringa katalitik ta’siri - uning polimerlanishi bilan quyidagi sxema bo‘yicha boradi [24; 172-174-b.]:

Keyingi reaksiya aminsiz boradi:
Olingan chiziqli polimerni xlor atomi hisobiga reaksion massa tarkibiga mos ko‘prik hosil qiluvchi agent kiritish yo‘li bilan uch o‘lchamli mahsulotga modifikatsiya qilish mumkin. Polimerlangan massani ammiak yoki birlamchi aminlar bilan qayta ishlab, shuningdek, kuchsiz asosli va uchlamchi aminlar bilan qayta ishlanganda ham kuchli asosli anionitlar olish mumkin.
Polimer tipdagi anionalmashinuvchilar asosan ikki usulda olinadi: uch o‘lchamli polimer matritsaga ionogen guruh kiritish yoki tarkibida ionogen guruh bo‘lgan birorta choklovchi agent bilan sopolimerlash natijasida.
Polimerlar tarkibidagi epoksid guruhlarni aminlashning quyidagi usuli taklif etilgan:

Shu usul yordamida trietilenglikolning metakril efiridan glitsidil metakrilat sopolimerlari asosida anionit olingan [25; 336-b.].
Hozirgi vaqtgacha fenol ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan qo‘shimcha mahsulot-fenol smolasidan ratsional foydalanish yo‘lga qo‘yilmagan. [26; 49-51-b.] Ushbu ishda fenol smolasidan fenolformaldegid kationiti sintez qilish uchun foydalanish imkoniyati ko‘rsatilgan bo‘lib, u anologlari bilan ularga nisbatan statik almashinish sig‘imining 20% dan ham ko‘proq bo‘lishi bilan identifikatsiyalangan.
Alifatik poliamid PA-6, krezolsulfokislotalar va formaldegid asosida arzon plyonkali ionogen materiallar olish usuli keltirilgan. Ta’sirlashuvchi moddalarning mol nisbatlari va sintezning optimal texnologik rejimi o‘rnatilgan. Sintez qilingan materiallar 3,0 mg-ekv/g gacha statik almashinish sig‘imiga ega ekanligi ko‘rsatilgan [27; 43-47, 180, 185, 190-b].
Metakril kislota, 2-metilimidazol va etilenglikol diglitsidil efirining o‘zaro ta’sirlashishidan poliamfolitlar olingan [28; 169-181-b.]. Qattiq holatdagi poliamfolitlarning tuzilishi: YaMR, IQ-fure o‘zgartirgichli spektrokopiya, skanerlovchi elektron mikroskopik usullar yordamida tadqiq qilingan, potensiometrik titrlash usuli yordamida poliamfolitlarning funksionalligi tavsiflangan.
Slanes smolasining geksametilentetraamin bilan polikondensatsiya reaksiyasi yordamida 6,5 mg-ekv/g almashinish sig‘imiga ega bo‘lgan kuchsiz asosli anionit olingan bo‘lib, kuchli ifloslangan muhitlarni tozalash uchun qo‘llaniladigan sanoat anioniti AN-2F kabi bu anionit ham mexanik mustahkamlik va ionalmashinish nisbiy tezligining yuqori ko‘rsatgichlariga ega ekanligi, undan texnik ionit sifatida foydalanish mumkinligi ko‘rsatib berilgan [29; 30-33-b].
Polietilenimin, aseton va formaldegid polikondensatlarining polielektrolit komplekslari moy to‘plovchi filtr sifatida sement eritmasi orqali filtrlashda nazorat uchun ishlatiladi. Sementli filtrlarning g‘ovakli tuzilishi skanerlovchi elektron mikroskopik usul yordamida isbotlangan [30; 1262-1275-b.].
Asetillangan polistirol mikrogranulalari, formaldegid va tetraetilenpentaminni Mannix reaksiyasi bo‘yicha polikondensatlab yangi aminoformaldegidli polimer olingan bo‘lib, bu aminoformaldegidli polimer polixlormetilstiroldan olingan va enzim qoplama bilan immobillangan anionit o‘rniga ishlatilishi mumkin. Shuningdek, materiallarning mol nisbati, harorat, reaksiya davomiyligi, uzatish usullari, etanol muhitidagi suv kabi polimer tarkibiga ta’sir etuvchi asosiy omillar ko‘rib chiqilgan. Quyidagi tajribaning optimal sharoitlari aniqlangan. Tetraetilenpentamin:formaldegid:gidroxlorid:asetil mol nisbatlari: 10:10:3,3:1ga teng, reaksiya harorati -100 °C, reaksiya davomiyligi -12 soat. Bu tajriba natijasida tarkibida 13,7 mmol/g azot bo‘lgan mahsulot olingan. Shu bilan birga, asetil guruhlarning multialmashinish reaksiyasi ham muhokama qilingan [31; 49-53-b.].
Donador choklangan pullulan (PUL)dan turli xil donador pullulanli ionalmashinuvchilar sintez qilingan. Pullulanli N-2-xloretildietilamino -gidroxlorid, N-(3-xlor-2- gidroksipropil) trimetilammoniy xlorid va EXGning trietanolamin bilan aralashmasi yordamida choklash reaksiyasi bo‘yicha dietilaminoetil-PUL, va 2-gidroksi-3-(2-[bis(2- gidroksietil)- amino]etoksi)propil-PUL olingan. Ularning anionalmashinish sig‘imi va bo‘kish darajasi mos holda: 2,13; 0,78; 0,62 mekv./g va 10; 6,5; 8,5 sm3/g, ekanligi keltirilgan [32; 29-35-b.].
“Navoiazot” OAJda tiokarbamid ishlab chiqarish jarayonida sanoat chiqindilari tarkibiga kiruvchi melamin asosida ionitlar olish imkoniyati ko‘rsatilgan. Chiqindilarning suvli eritmalaridan desorbsiyalab (ko‘mir bilan tindirib), toza melaminni ajratib olish texnologiyasi ishlab chiqilgan. Bunda ikki tipdagi anionitlar olingan: F-1 tarkibida 0,5-1% , 2-2,6% ditsiandiamid va 20-23% melamin bor. F-2 ioniti esa toza melamin asosida olingan. F-1 va F-2 ionitlarning xossalari sanoat anioniti AV-16 ning xossalari bilan taqqoslangan [33; 142-143-b.].
Tiokarbamid, formaldegid va melamin asosida ionitlar olish jarayoni matematik tavsiflangan [34; 27-28-b.].
Fenol va aromatik aminlarning formaldegid bilan kondensatsiya mahsulotining ionalmashinuvchanlik xossalari 1935 yilda ingliz kimyogarlari Adams va Xolms tomonidan e’tirof etilganidan buyon to hozirgi kungacha bo‘lgan ionalmashinuvchi smolalar ishlab chiqarish sanoati rivojlanishining 80 yillik tarixidagi asosiy davrlar ko‘rsatib o‘tilgan. Rossiyada ionalmashinuvchi smolalar ishlab chiqarishning zamonaviy holatlari aks ettirilgan. Ionalmashinishdan toki ionalmashinuvchi smolalar kashf etilishigacha bo‘lgan davrdagi bilimlarning asosiy rivojlanish holatlari ko‘rib chiqilgan va qiyosiy tahlil qilingan [35; 5-31-b.].
Karboksimetilsellyuloza (KMS)ni ikki marta modifikatsiyalab, xelat hosil qiluvchi xossali poliamidoksimlar (PAO) olingan. Dastlab, KMSga akrilonitril natriyli tuz ko‘rinishida kiritilgan, initsiator sifatida esa seriy-ammoniy nitrat ishlatilgan. Amidoksim guruhlar poliakrilonitril bloklarga kiritilgan gidroksilaminni qayta ishlab olingan. PAO ning ikki valentli metall ionlariga nisbatan sorbsion xossalari turli pH qiymatlarida, poliakrilonitril bloklarining kiritilgan miqdori va metallar ionlarining dastlabki konsentratsiyalarida tadqiq etilgan. Adsorbsiya kinetikasi esa mis ionlari bo‘yicha o‘rganilgan [36; 23-31-b.].
KV-4 va Dowex MAC3 tipidagi tarkibida karboksil guruh bo‘lgan ionalmashinuvchilarni I va II guruh metallari gidroksidlarining 1M konsentratsiyalari ishtirokida potensiometrik titrlashning optimal sharoiti aniqlangan. Karboksilli ionitlarning muvozanat titrlash egrilarini bir ish kunida olish mumkinligi ko‘rsatilgan [37; 3-12-b.].
Etilakrilat, akrilonitril va vinilbenzol asosidagi sopolimerlarning aminoliz reaksiyalari yordamida anionitlar sintez qilish keltirilgan. Anionitlarning barqarorligi: tarkibida H2O2, NaOCl, NaOCl-NaOH va NaOCl-FeSO4 bo‘lgan muhitlarda o‘rganilgan qiyosiy taqqoslangan va maksimal turg‘unligining sorbentlar kimyoviy tuzilishiga bog‘liqligi turli sharoitlarda aniqlangan [38; 133-138-b.].
Fenolformaldegid polimerlar chiqindilarini KOH va NaOH ning suvli eritmalari yordamida qayta ishlash natijasida ionalmashinuvchilarga aylantirish yo‘li bilan ulardan foydalanish muammolari ko‘rib chiqilgan. Olingan polielektrolitlarning flokullovchi xossalari atroflicha tadqiq qilinib ulardan metallurgiya korxonalari oqava suvlarini qayta ishlash uchun foydalanish mumkinligi ko‘rsatilgan [39; 3000-3005-b].
Glitsidimetakrilat sopolimerini dimetilformamidning suvli eritmalarida 70 °Cda natriy gidrosulfit bilan qo‘shimcha ishlov berib, epoksiguruhlar hosil qilish natijasida sulfirlangan polipropilen tolasiga radiatsion payvandlash asosida ionalmashinuvchi sorbentlar olingan. Olingan sorbentlarning asosiy fizik-kimyoviy xossalari tavsiflangan, shuningdek, polivalentli ionlarga nisbatan sorbsion xossalari baholangan [40; 43-51-b.].
Dioksidifenilpropan va allilgalogenidlar diglitsidil efirlarning ba’zi poliaminlar ishtirokida polikondensatsiyasi o‘rganilgan va fazoviy tuzilishli ionalmashinuvchi polimerlar hosil bo‘lishining optimal sharoiti, tarkibi, tuzilishi hamda fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan. [41; 146-150-b.].
Yangi qattiq polimer elektrolit karbamid va tiokarbamiddan iborat sistemaga ozroq miqdorda polietilenglikol PEG-600 qo‘shib olingan. Tajribalar natijalarining ko‘rsatishicha, PEG miqdori 8% ni tashkil etgan, karbamid-tiokarbamid nisbati: 9:16, qizdirish harorati 145-150 °C. Keltirilgan mexanizmga ko‘ra karbamid va tiokarbamid bir-biri bilan o‘zaro ta’sirlashib, ammoniy tiotsianat (NH4SCN) ni hosil qiladi, so‘ngra NH4SCN ion holatga o‘tadi [42; 438-440-b.].
Shuningdek, plyonkali polimer to‘rtlamchi asoslar sintezi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, ularning yuqori statik almashinish sig‘imi ko‘rsatkichi (4,26-8,1 mg-ekv/g), yedirilishga chidamliligi (9,6-20,1 MPa) va 250-260 °C gacha termik barqarordir. Ko‘rsatilgan xossalariga poli-4-vinilpiridin va poliepixlorgidrin kondensatsiyasi plyonkali mahsulotlarni piridin yoki xlormetilli kremniyorganik hosilalar bilan qayta ishlab, modifikatsiyalash yo‘li bilan erishilgan [43; 86-89, 224, 230-b.].
EXG va PEPA ni kondensatsiyalab, reaksion massaga piridin kiritilib, anionitning asosligi oshirilgan [44]. Olingan yuqori asosli AV-16 anioniti tarkibida 15-20% to‘rtlamchi piridin guruhlari mavjud.
Karbamid va tiokarbamidning formaldegid bilan kislotali muhitda kondensatsiya reaksiyasi o‘rganilgan. Olingan mahsulotlar ionalmashinuvchi smolalar sifatida sinovdan o‘tkazilgan [45; 56-59-b.].
Allilglitsidil efirlarni ba’zi poliaminlar bilan initsiator ishtirokida polikondensatsiyalash natijasida polifunksional anionitlar olingan. Sintezning optimal sharoiti aniqlangan, sintez qilingan polielektrolitlarning fizik-kimyoviy xossalari va tarkibi o‘rganilgan [46; 465-469-b.].
Epixlorgidrinning piridin bilan reaksiyasidan to‘rtlamchi ammoniy asosi yoki uning tuzi hosil bo‘ladi. Ushbu [47; 7-b.] adabiyotda epixlorgidrinning ikkala funksional guruhi ham piridin bilan o‘zaro reaksiyaga kirishishi ko‘rsatilgan.
Kimyoviy reaksiya asosan harakatchan xlor atomi hisobiga sodir bo‘ladi va xlorgidrat piridin asosi hosil bo‘ladi.

Asos xossasining kuchsizligi va sterik omillar sababli epixlorgidrinning aromatik aminlar bilan o‘zaro ta’sir reaksiyasi, ularning alifatik aminlar bilan o‘zaro reaksiyasiga nisbatan sekin boradi.
Stirol va metilmetakrilat asosidagi polimer nanosferaning karboksil guruhlari, etilenglikoldimetakrilat, glitsidilmetakrilat asosidagi monolit tipli makrog‘ovakli polimer tashuvchining epoksid guruhlarini polimeranalogik o‘zgartirish natijasida “virus-hujayra” mustahkamlangan komplementar model sistema olish mumkinligi tadqiq etilgan. Tezkor affinli xromatografik usulda monolitga konstruksiyalangan mikroqurilmaning funksionallashgan sorbent sirtida nanozarrachalarning biospesifik virussimon bog‘lanish xususiyatlariga ta’siri o‘rganilgan [48; 830-836-b.].
Ma’lumki, epixlorgidrin va polietilenpoliamin polikondensatsiyasidan olingan anionitlar polifunksional hisoblanadi. Ularning tarkibida ikkilamchi, uchlamchi aminoguruhlar va to‘rtlamchi ammoniy asosli guruhlar mavjud [49; 164-b.]. Sintez qilingan anionit o‘rta asosli bo‘lib, EDE-10P markasi bilan ma’lum. Epixlorgidrin va turli aminlardan sintez qilingan anionitlarning sanoat markalari 1.1-jadvalda berilgan.



Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin