Tadqiqotning ob’ekti epixlorgidrin, karbamid, tiokarbamid, ortofosfat kislota, ular asosidagi yangi ion almashinuvchi materiallar, rangli va nodir metallar ionlarini tutuvchi suvli eritmalar.
Tadqiqotning predmeti - ion almashinuvchi materiallar va ularning rangli va nodir metall ionlari bilan hosil qilgan kompleks birikmalari.
Tadqiqotning usullari. Sintez qilingan ionitlarning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganishda IQ-spektroskopiya, differensial-termik, atom-adsorbsion spektroskopiya, potensiometriya, fotokolorimetriya, trilonometriya, alkalometriya va element tahlillari usullaridan foydalanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligiquyidagilardan iborat:
epixlorgidrin-karbamid (tiokarbamid) asosidagi mahsulotlarning ortofosfat kislota bilan reaksiyasi natijasida tarkibida oltingugurt, azot, kislorod va fosfor donor atomlari saqlagan ionalmshinuvchi polifunksional, termokimyoviy barqaror, tanlovchan ionitlar olingan;
sintez jarayonini kinetik tadqiq qilish orqali reaksiyaning tezlik konstantasi, aktivlanish energiyasi, olingan ionitlar fizikaviy va kimyoviy xossalarining haroratga, boshlang‘ich moddalar konsentratsiyasi va boshqa omillarga bog‘liqligi aniqlangan;
boshlang‘ich moddalar kimyoviy tarkibi va fizik-kimyoviy xossalarining import o‘rnini bosuvchi, ion almashinuvchi materiallar asosiy kimyoviy va fizik-kimyoviy xossalariga (kumush, kobalt, rux, nikel, mis, qo‘rg‘oshin metallari sorbsiyasi, sorbsion sig‘imi, funksional guruhlarning dissotsialanish darajasi) bog‘liqligi isbotlangan;
diglitsidilkarbamid (diglitsidiltiokarbamid) asosida ion almashinuvchi materiallar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
Tadqiqotning amaliy natijalari: diglitsidil(tio)karbamidni ortofosfat kislota bilan o‘zaro reaksiyalari natijasida tarkibida azot, oltingugurt, kislorod va fosfor bo‘lgan ion almashinuvchi materiallar olish usuli yaratilgan;
diglitsidil(tio)karbamid asosida ionitlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan va ishlab chiqarish korxonalarda oqava suvlarni tozalash, metallurgiya sanoatida metall ionlarini sorbsiyalash texnologiyasi takomillashtirilgan.